mamlakatning ishlab chiqarish resurslarini ko’paytirmaydi, lekin kredit
tufayli ular ishlab chiqarish faoliyatida ancha to’liq ishlatiladi». Kredit
manbai ayni chog’da unumli iste’molda bo’lmagan pul shaklidagi
kapital hisoblanadi. Foiz to’lash evaziga kredit beruvchi asosiy instru-
ment sifatida depozitli banklar tashkil topadi. Bunda bank krediti bahoga
taklifning o’sishi qanday ta’sir ko’rsatsa, xuddi shunday ta’sir
ko’rsatadi.
Kredit to’lovga qobil talabni kengaytirgach va sub’ektlar-ning
istaklariga ta’sir ko’rsatgach, savdo kon’yunkturasini keskin o’zgartirib
yuboradi. Muayyan tovarning
bahosi oshishi kutilsa, savdogarlar bundan
foyda olishga bo’lgan o’z moyilliklarini namoyish etadilar. Agar bunda
bahoning oshishi yuqori va uzoqqa cho’ziladigan bo’lsa, unda u boshqa
chayqovchilarni ham o’ziga torta-di. Ular tovarlar xaridini
kuchaytiradilar, bu esa beriladigan ssuda miqdorini ko’paytiradi, bahoni
oshiradi. Bir oz vaqt o’tgandan keyin bahoning o’sishi to’xtaydi va
tovarlarni o’z qo’l-larida ushlab turganlar foyda olish vaqti kelganini his
qila-dilar va ularni sotishga kirishadilar.
Baho pasaya boshlaydi, tovar
egalari katta zarar ko’rmaslik uchun bozorga shoshiladilar, bunday
vaziyatdagi bozorda xaridorlar unchalik ko’p bo’lmaganligi sababli,
baho oldin oshganiga qaraganda, ancha tez pasayib boradi.
Shunga o’xshagan bir oz tebranishlar kredit bo’lmagan paytda ham
bo’lib turadi. Ammo pul miqdori o’zgarmagan vaqtda bir xil tovarlarga
bo’lgan ajiotaj talab boshqa tovarlarning bahosini pasaytiradi.
Lekin
kreditdan foydalanilganda, iqtisodiy sub’ektlar qo’shimcha pul
manbaiga ega bo’ladilar. Bunday vaziyatda chayqovchilik barcha
tovarlarni birdaniga qamrab olishi mumkin. Natijada savdo inqirozi
kelib chiqadi.
Savdo inqirozi uchun «chayqovchilikning jonlanishi ta’si-rida
oldin oshgan baholarning tez pasayib borishi tipik hol hisoblanadi.
Baholar qaysi nuqtadan oshishiga boshlagan bo’lsa, shu nuqtagacha
pasayishi mumkindek tuyuladi yoki iste’mol va taklif o’zini oqlaydigan
darajagacha pasayadigandek bilinadi. Ammo ularning pasayishi ancha
chuqur bo’ladi, negaki har bir kishi zarar ko’rayotgan paytda, ko’pchilik
esa
bankrotga uchragan bir davrda, hatto ishonchli va atoqli firmalar
o’zlari o’rganib qolgan kreditni zo’rg’a olishlari mumkin. Bunday
vaziyat shuning uchun sodir bo’ladiki, hech kimda qarzga bergan
mablag’ini o’z vaq-tida qaytarib olishga ishonch bo’lmaydi. Favqulodda
sharoitda bunga vahimachilik kelib qo’shiladi. Pul qisqa muddatga
deyarli har qanday foiz to’lash sharti bilan qarzga olinadi,
tovarlarni
93
sotishda esa, darhol naqd pulga xarid qiluvchilar shartlaridan
ko’riladigan har qanday zararga e’tibor berilmaydi. Demak, savdo
inqirozi davrida baholarning umumiy darajasi shu qadar pasayadiki,
oldingi inqirozgacha bo’lgan chayqovchilik davri mobay-nida osha
boshlagan darajadan ham past bo’ladi». O’z mohiyatiga ko’ra, bu
iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta iqtiso-diyotning pasayish
dinamikasining pulli jihatlarining ifoda etilishidir.
Bu erda J.S.Mill S.Sismondi taklif qilgan iqtisodiy pasayish
(inqiroz) tushunchasiga qo’shilmadi. Uning
fikricha, in-qiroz umumiy
ortiqcha ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi deyish, katta xatodir. «Bu
faqat ortiqcha chayqovchilik xaridining oqibatidir… Uning bevosita
sababi kreditning qisqarishi hisoblanadi, bartaraf qilish vositasi esa –
taklifni kamay-tirish emas, balki ishonchni tiklashdir». Bu ma’noda
J.S.Mill J.M.Keynsning o’tmishdoshidir.
J.S.Millning tasdiqlashicha, konvertatsiyalashgan qog’oz val-
yutalar sharoitida oltinning chetga chiqib ketishi
yuzaga kelishi sababli
baholar uzoq vaqt oshishi mumkin emas. Biroq qog’oz pullar
konvertatsiyalashmaganda (ularni oltinga almashtirish mexanizmi yo’q)
baholarning oshishi chayqovchilik shov-shuv (bum)i ning kelib
chiqishiga olib kelishi va inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. 1825
yildagi inqiroz bunga misol bo’la oladi. Ammo keyingi 1847 yildagi
inqiroz esa foiz stavkasining keskin o’sishi natijasi hisoblanadi. Savdo
inqirozlari davrida «pul talabidan ko’ra, tovarlarning ortiqchaligi yuzaga
keladi, ya’ni pul taklifining etishmasligi kelib chiqadi».
Dostları ilə paylaş: