boshqa tovarga, shu jumladan, pulga ayirboshlash uchun xarakterli
bo’lgan o’rtadagi nisbat hisoblanadi; bunday nisbat bozorda o’rnatiladi.
Qiymat (qimmat) nisbiy tushuncha bo’lganligi sababli, u barcha tovarlar
bo’yicha birdaniga oshishi mumkin emas. Almashuv qiymat (tovar
bahosi) talab va taklif muvozanatlashgan nuqtada o’rnatiladi, ya’ni talab
va taklifga qarab o’rnatiladi, ishlab chiqarish
xarajatlari esa taklifni
aniqlab beruvchi omil sifatida tavsiflanadi. Tovar qiymatning puldagi
ifodasi uning bahosi hisoblanadi. Baho bevosita raqobat asosida
o’rnatiladi. Raqobat esa xaridor arzon olishga, sotuvchi esa qimmat
sotishga intilishi sababli kelib chiqadi. Erkin raqobatda bozor bahosi
talab va taklif darajasiga qarab o’rnatiladi. Aksincha, «mono-polist o’z
ixtiyoricha xohlagan yuqori bahoni o’rnatishi mumkin,
faqat u xaridor
sotib olishi yoki xohishi mumkin bo’lgan bahodan yuqori bo’lmasa bas;
ammo bunga u faqat taklifni kamaytirish yo’li bilan erishishi mumkin».
Uzoq davr mobaynida tovar bahosi uning ishlab chiqarish
xarajatlardan past bo’lishi mumkin emas, negaki hech kim o’z zarariga
ishlashni xohlamaydi. Shuning uchun talab va taklif o’rtasidagi barqaror
muvozanat «qachonki buyumlar bir-biriga fa-qat ularning ishlab
chiqarish xarajatlariga mos ravishda ayir-boshlangandagina o’rnatiladi».
Kapital va foyda nazariyasi.
J.S.Mill jamg’arish nati-jasida
vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zaxirasini kapi-tal deb atagan.
Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan chegaralanadi.
Kapitalning har bir ko’payishi ishlab chiqarishning
kengayishiga olib
keladi. Agar mehnat qilishga qobiliyatli ki-shilar topilsa va ular eyishi
uchun ovqat bo’lsa, ulardan qandaydir ishlab chiqarishda doimo
foydalanish mumkin. Chunki investitsiya-ning asosi sifatida kapitalning
tashkil topishi ish bilan band-lik doirasini kengaytirish imkonini beradi
va agar «boylarning unumsiz xarajatlari» hisobga olinmasa, ishsizlikka
barham berishi mumkin.
Ammo J.S.Millning ta’kidlashicha,
kapitalning rivoj-lanishiga
boshqa cheklanishlar ham xos. Ularning biri – kapi-taldan keladigan
daromadlarning kamayishidir. Uni J.S.Mill kapitalning me’yorli
unumdorligining pasayishi sababli kelib chiqadi, deb tushuntiradi.
Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulot-lari miqdorini ko’paytirish ushbu
miqdor ekvivalentiga nisbatan ko’proq mehnat sarflash evazigagina
bo’lishi mumkin. Boshqacha bo’lishi aslo mumkin emas.
Umuman, foyda to’g’risidagi savolni tushuntirib berishda J.S.Mill
D.Rikardo qarashlariga asoslanadi. O’rtacha foyda me’yorining vujudga
kelishi shunga olib keladiki, bunda foyda ishlatilayotgan kapitalga
91
mutanosib bo’ladi, baho esa – xarajat-larga. «Sarf-xarajatlar, ya’ni
ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan
joyda foyda ham bir xil
bo’lishi uchun, narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish
xarajatlari bo’yicha ayirboshlanishi kerak, ishlab chiqarish xarajatlari bir
xil bo’l-gan narsalar bir xil qiymatga ega bo’lishlari kerak, shuning
uchun faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi».
J.S.Millning yozishicha, rentaga o’xshagan, maxsus ko’rinishga
ega bo’lgan foyda ham amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega
bo’lgan ishlab chiqaruvchi yoki savdogar to’g’risida boradi.
Modomiki,
uning raqobatchilari bunday ustunlikka ega emas ekan, unda «u
mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish xarajatlariga
qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda
... ustunlikka ega bo’lgan kishi renta oluvchiga o’xshab ketadi».
J.S.Mill foydaning vujudga kelish sababini xuddi A.Smit va D.Rikardo
kabi tushuntiradi: «Foyda ayirboshlash natijasida emas…, balki
mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar
mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot,
mehnatkashlar ish haqi ko’rinishida iste’mol qiladigan mahsulotdan 20
foizga ko’p bo’lsa, unda bahoning qanday bo’lishidan qat’iy nazar,
foyda 20 foizni tashkil etadi».
Dostları ilə paylaş: