O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

Iqtisodiy tsikllar. 
K.Marks tugallangan, yaxlit iqtisodiy tsikllar 
nazariyasini yaratgan emas. Uningcha, inqirozlar – bu «kapitalizmning 
asosiy ziddiyatlarining» namoyon bo’lishidir. Xo’jalikdagi anarxiya 
ishlab chiqarish strukturasi bilan iste’mol strukturasi doimo mos 
kelmasligini keltirib chiqaradi. Rivoj-lanishning tsiklli xarakterda 
bo’lishi, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozining muqarrarligi kapitalistik 
iqtisodiyotga xos xis-latdir. Markscha iqtisodiy tsikllar nazariyasi uning 
kapital jamg’arilishi tahlili asosida ko’rilgan. Tsiklli jarayon, K.Marks 
bo’yicha, yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida mehnatga bo’lgan 
talab (jamg’arish sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik 
tugatiladi va ishchi kuchining nisbatan etishmasligi ish haqining 
oshishiga olib keladi; natijada foyda kamayadi va jam-g’arish 
sekinlashadi. Kapital jamg’arilishi me’yorining pasayishi yalpi talabning 
kamayishiga va shunga muvofiq bozor kon’yunk-turasining pasayishiga 
olib keladi. Bunday inqirozli vaziyatda kapital qimmati qadrsizlanadi, 
ishsizlik esa qaytadan ko’payadi va u ish haqining pasayishini keltirib 
chiqaradi. Bu hol ishlab chiqarishning foydaliligini qayta tiklaydi, 
jamg’arishni qayta-dan boshlash uchun sharoit yaratib beradi; inqiroz bir 
vaqtning o’zida ham buzadi, ham tuzatadi. Inqirozlar «hamma vaqt 
mavjud ziddiyatlarning faqat vaqtincha zo’rma-zo’raki hal qilinishidan, 
zo’rma-zo’raki portlashlardan iborat bo’lib, ular buzilgan muvo-zanatni 
bir lahzada tiklaydi». Inqiroz tsiklni tugallaydi va yangi navbatdagi tsikl 
boshlanadi. Bu tsikl davri mobaynida in-novatsiya va yangi ish joylarini 
tashkil etish bilan birga iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, jamg’arish 
jarayonida foyda me’yorining pasayish tendentsiyasi va kapital 
qimmatining qadr-sizlanishi, ishsizlar armiyasining ko’payishi va ish 
haqining pasayishi qaytadan kelib chiqquncha va inqirozli vaziyat 
yuzaga kelguncha davom etadi. 
K.Marks Sey qonunini tanqid qiladi. Bu qonunga muvofik tovarlar 
taklifi avtomatik tarzda o’ziga talabni keltirib chi-qaradi Boshqacha 
106


aytganda, tovarlarni sotishdan tushgan daromad ularni sotib olish uchun 
xarajatga aylanadi. K Marks tovarlarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) 
aktlari makon va zamonda mos tushmasligini ko’rsatib berdi (tovar 
qiymati pulda saqlanadi). «Hech kim zudlik bilan sotib olishga majbur 
emas, chunki uning o’zi nimanidir sotgan». Demak, yalpi xarajatlar 
yalpi daromad-lardan kam bo’lganda ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 
mumkin-ligi kelib chiqadi, ya’ni tsiklli rivojlanishga olib keladi. 
K.Marksning ko’rsatib berishicha, iqtisodiy tsikllarning moddiy 
asosi kapitalning vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi zarurligi 
hisoblanadi (har 5-10 yilda). Bunda texnika taraqqiyoti asosiy 
kapitalning ma’naviy eskirishi natijasida yangilanib turish muddatini 
qisqartirishi mumkin. Texnik kashfiyotlar va innovatsiyalar 
davriyligining xo’jalik jarayoniga bo’lgan ta’siri tahlili tsikllar 
nazariyasining keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 
Iqtisodiy determinizm. 
K.Marksning iqtisodiy nazariyasi uning 
ijtimoiy qarashlari bilan, ayniqsa, ijtimoiy rivojla-nish kontseptsiyasi 
bilan bevosita bog’liq. Keyingisining shakl-lanishi jarayonida u uch 
asosiy ilmiy manbaga: Smit-Rikardoning ingliz klassik siyosiy 
iqtisodiga, Gegel-Feyrbaxning nemis klassik falsafasiga va frantsuz 
utopik sotsializmiga asoslanadi. Markscha ijtimoiy rivojlanish 
sxemasida markaziy o’rinda iq-tisodiy determinizm («tarixni 
materialistik tushunchasi») tura-di. K.Marks ijtimoiy rivojlanishga va 
uning tarixiga tatbiq etilgan determinizmning asosiy qoidalarini 
«Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» asarida quyidagicha aniq va to’liq 
ifodalab beradi: 
«Kishilar o’z hayotlarida ijtimoiy jihatdan ishlab chiqa-rishda 
muayyan, zarur o’zlarining irodalariga bog’liq bo’lmagan 
munosabatlarda-ishlab chiqarish munosabatlarida bo’ladilar, bu 
munosabatlar ularning moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlari 
taraqqiyotining muayyan bosqichiga muvofiq keladi. Bu ishlab chiqarish 
munosabatlarining yig’indisi jamiyatning iqtisodiy tuzilmasini, real 
bazisini tashkil etadi, yuridik va siyosiy ustqurma shu real bazis ustiga 
quriladi hamda ijtimoiy ongning muayyan shakllari shu bazisga muvofiq 
keladi. Moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli umuman hayotning 
ijtimoiy, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi bo’ladi. Kishilarning 
ongi ularning bor-lig’ini belgilamaydi, balki aksincha ularning ijtimoiy 
borlig’i ularning ongini belgilaydi. Jamiyatning moddiy ishlab chiqa-
ruvchi kuchlari o’z taraqqiyotining ma’lum bosqichida mavjud ishlab 
chiqarish munosabatlariga yoki – buning yuridik ifodasigina bo’l-gan – 
107


mulkchilik munosabatlariga zid bo’lib qoladi; ular shu payt-gacha 
mazkur munosabatlar bag’rida rivojlanib kelgan edi. Bu munosabatlar 
ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish shakl-laridan ularning 
kishaniga aylanadi. Ana shu vaqtda ijtimoiy inqilob davri boshlanadi. 
Iqtisodiy asos o’zgarishi bilan butun bir g’oyat katta ustqurmada ham 
ozmi-ko’pmi tezlik bilan tub o’zgarish yuz beradi… Ayrim odam haqida 
uning o’zi to’g’risidagi fikriga qarab xulosa chiqarish mumkin 
bo’lmagani singari, bunday o’zgarish davri to’g’risida ham shu davrning 
ongiga qarab hukm chiqarish mumkin emas. Aksincha, bu ongning 
sababini moddiy hayot ziddiyatlaridan, ijtimoiy ishlab chiqaruvchi 
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasida bo’ladigan 
ixtiloflardan top-moq kerak… Burjua ishlab chiqarish munosabatlari 
ijtimoiy ish-lab chiqarish jarayonining so’nggi antagonistik shakli 
hisoblana-di,… lekin burjua jamiyatning bag’rida rivojlanayotgan ishlab 
chiqaruvchi kuchlari shu bilan birga bu antagonizmni echish uchun 
moddiy sharoit yaratadi». 
Demak, K.Marksning nazariy kontseptsiyasida ishlab chiqarish 
shakli o’zining maxsus xususiyatiga, o’zining ichki mantig’iga ega. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan yangi munosabatlar kelib chiqadi. 
Ishlab chiqarish munosabatlari yig’indisi jamiyatning moddiy bazisini 
tashkil etadi, unga jamiyat ustqurmasi: huquq, idealogiya, siyosat, din va 
boshqalar bog’liq bo’ladi. Huquq, siyosat, din bazis tomonidan 
boshqarilib turiladi. Ishlab chiqarish omillari yig’indisi jamiyatning 
ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. Industrial tizimi ishlab 
chiqaruvchi kuchlarining muhim elementi deb K.Marks ishlab chiqarish 
vositalarini, eng avvalo, mehnat qurollarini, mashina va asbob-
uskunalarni hisob-lagan. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining 
rivojlanishi (ya’ni hozirgi zamon tushunchasida iqtisodiy o’sish) ishlab 
chiqarish munosabatlarining (yoki ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning) 
takomillashuvini taqozo etadi. U, o’z navbatida, ishlab chiqaruvchi 
kuchlarining rivojlanishiga faol aks ta’sir ko’rsatadi, iqtiso-diy o’sishiga 
imkon berishi yoki to’sqinlik qilishi mumkin. Ijti-moiy organizmning 
ikki tomoni o’rtasidagi o’zaro aloqa juda murakkab, ko’p qirrali va 
ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniq-lovchi omil hisoblanmaydi. 
Jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy qonunlar ishlab chiqa-ruvchi 
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi hamda ideologik 
va siyosiy ustqurma bilan bazis o’rtasidagi muvofiqlik tamoyilni 
ifodalab beradi. Bunday muvofiqlik tamoyilning amal qilishi iqtisodiy 
o’sishga olib keladi, ishlab chiqarish munosabatlarining iqtisodiy 
108


o’sishiga to’sqinlik qili-shi esa bunday tamoyilning buzilganligini 
bildiradi. Shu bois, K.Marks fikricha, ular ijtimoiy taraqqiyot 
dialektikasiga muvo-fiq o’z o’rnini boshqa progressiv ishlab chiqarish 
munosabatlariga bo’shatib berishi kerak. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin