ishlab chiqarish bahosi
» bilan sotiladi.
«Ishlab chiqarish bahosi sarf qilingan kapital plyus o’rtacha
foydani o’z ichiga oladigan bahodir».
Renta nazariyasi.
K.Marks renta to’g’risida nazariya yaratdi.
Uningcha, renta erga bo’lgan mulkchilikni amalga oshirish shakli-dir. Er
maydoni cheklanganligi, uning er egalari qo’lida bo’l-ganligi sababli
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosi o’rtacha erdagi
ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon erdagi ishlab
chiqarish xarajatlariga qarab belgilanadi. Bu baho bilan yaxshi erdagi
(yoki eng yaxshi sharoit-dagi) ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi farq
differentsial ren-tani bildiradi. K.Marks differentsial rentani tahlil qilib,
bu renta ayrim er maydonlarining hosildorligi bir-biridan farq qilganda,
erga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan farq qilganda hosil
bo’lishini ko’rsatib berdi. Differentsial renta ikki shaklda – differentsial
renta I va differentsial renta II shaklida mavjud bo’ladi. Ijtimoiy ishlab
chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon erdagi mahsulotlarning ishlab
chiqarish bahosi bilan eng yaxshi va o’rtacha erdagi mahsulotlarning
103
individual ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi tafovut dif-ferentsial er
renta I ning negizi hisoblanadi. Erga qo’shimcha ishlov berish evaziga
olinadigan renta differentsial renta II ni tashkil etadi.
K.Marks differentsial renta bilan birga absolyut rentaning ham
amal qilishini ko’rsatib beradi. U, absolyut rentaning paydo bo’lishini
qishloq xo’jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo’lishi bilan
va erga bo’lgan xususiy mulkchilik bilan bog’lab tushuntiradi. Birinchi
omil tufayli, uning fikricha, qishloq xo’jaligi mahsuloti qimmati uning
«ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo’ladi, ikkinchi omil ta’sir
kuchiga ko’ra esa, foyda me’yorini o’rtacha darajaga keltiruvchi
«kapital oqimi» mexa-nizmi qishloq xo’jaligida amal qilishi mumkin
emas. Binobarin, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining o’z ishlab chiqarish
baholari-dan (qo’shimcha qiymatning o’rtacha foydadan) ortiqchasi
kapita-listlar o’rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi) balki dehqon-
chilikda qoladi va er egalari tomonidan absolyut renta shaklida
o’zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, markscha absolyut renta na-
zariyasi uning qo’shimcha qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida,
qimmatning (qiymatning) bahoga aylanish zarurligi kelib chiqqan
sharoitda hech qanday kuchga ega emas.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi.
F.Kenening «Iqtisodiy
jadvaliga» yuqori baho bergan K.Marks, o’zining takror ishlab
chiqarish sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni
daromadlarga bo’lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda)
ko’rsatgan bo’lsa, K.Marksda esa ijti-moiy mahsulot uch qismga
bo’linadi: doimiy kapitalga (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xom
ashyo, yoqilg’i va boshqalar qiymati), o’zgaruvchi kapitalga (v) – ishchi
kuchini sotib olishga bo’lgan sarf-lar va qo’shimcha qiymatga(m).
Takror ishlab chiqarish muammosini echib berishda K.Marks
iqtisodiyotni ikki bo’linmaga bo’ladi. I bo’linma ishlab chiqarish
vositalarini ishlab chiqarish, II bo’linma iste’mol buyumlarini ishlab
chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
o’rtasidagi farqni ko’rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish»
o’zgarmas bo’lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab
chiqarish bir xil hajmda, o’zgarmas bo’lib qolishi uchun qanday shartlar
bo’lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko’rsatib
beradi. Oddiy takror ishlab chiqa-rishda I bo’linmaning barcha
mahsuloti har ikkala bo’linmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi
kerak: I (c+v+m) = Ic+IIc. Shu bilan birga, II bo’linma mahsuloti ish
haqi fondi plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga
104
teng (ekvivalent) bo’lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu
ikkala tenglama-dan natijada I (v+m) = IIc kelib chiqadi, ya’ni I
bo’linmaning sof mahsuloti II bo’linmada yil davomida iste’mol
qilinggan kapitalni qoplash uchun zarur bo’lgan talab miqdoriga teng
bo’lishi kerak. Agar I (v+m)>IIc bo’lsa, unda doimiy kapitalni
qoplashga bo’lgan investitsiya sarflari amortizatsiya ajratmalari miq-
doridan oshib ketadi, ya’ni sof investitsiya ijobiy bo’ladi. Lekin
amortizatsiya jamg’armalari iste’mol qilingan kapitalni qop-lashga
ishlatilmasligi, albatta, ishlab chiqarishning pasayishini keltirib
chiqaradi. Keltirilgan dalillar ancha puxta makroi-qtisodiy o’zaro
bog’liqlik borligini tasdiqlaydi.
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil
qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-
tarixidagi iqtisodiy o’sishning birinchi mate-matik modeli hisoblash
mumkin. Lekin uning kamchiliklari yo’q emas. Xususan,
«kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib
borishining shartlarini aniq ko’rsatib berilmagan. Bundan tashqari, u
sur’at o’zgarmagan iqtisodiy o’sish-ni tahlil qiladi, bunday vaziyatda
esa, o’sish Q (mahsulot miqdori) da hech qanday o’zgarish bo’lishini
taqozo etmaydi. K.Marks ko’r-satib bergan iqtisodiy o’sishning zarur
bo’lgan shartlari: I bo’lin-maning milliy daromadi ushbu bo’linmadagi
ishchi va tadbir-korlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II bo’linmadan
sotib olinadigan iste’mol buyumlaridan ko’p bo’lishi kerak – milliy
daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya’ni
I(v+m)>IIs. Shunday qilib, I bo’linmaning mahsuloti yil boshidagi har
ikkala bo’linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan talabidan ko’p
bo’lishi kerak, ya’ni I(c+v+m)>Ic+IIc. Shunga muvofiq, jamiyatning
barcha milliy daromadi iste’molga sarflanmaydi, ya’ni
I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m).
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masala-larga
oydinlik kiritishda qo’llanishi mumkin. Lekin u shu qadar
cheklanishlarga asoslanganki, bu undagi barcha dalillarni kuch-
sizlantiradi. Yopiq iqtisodiyot: barcha mahsulotlar «me’yorl bahoda»
sotiladi; har ikkala bo’linmada kapital aylanish tezligi bir xil; faqat
kapitalistlar jamg’aradi; texnika taraqqiyoti yo’q; real ish haqi doimiy;
bir ishchiga bo’lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan
tashqari, ikki bo’linmadan iborat bo’lgan model o’zgaruvchan real
iqtisodiyotni tahlil qilishda ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital
buyumlarni ham iste’mol buyumlarini ham ishlab chiqaruvchi ko’pchilik
105
tarmoqlar – masalan, tosh ko’mir qazib olish, transport, ximiya – u yoki
bu kategoriya tushunchasiga to’liq kirmaydi. Buning ustiga, bunday
tarmoqlar ichida kapital va iste’mol buyumlarini kategoriyalarga bo’lish
vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o’zgarishga qarab o’zgarib turadi.
Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha shartlari
deyarli o’z kuchini yo’qotadi. Shunday bo’lsa-da, tenglama K.Marks
tizimida alohida o’rin tutadi. U iqtisodiy o’sish bir tekisda borishi
mumkin emasligi, ishlab chiqarishning davriy bo’lishi to’g’risida fikr
yuritishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |