bolalik bo’lish zarurligini bekor qiladi. Oldingi davrda yosh bolalar
o’limi ko’p bo’lganidan ehtiyot shartdan ularning tug’ilishi ko’p
bo’lgan. Ikkinchi asosiy sababi (Nobel mukofotining sohibi G.Bekker
fikriga asosan), ko’pchilik ziyoli ayollar uyda bola boqib o’tirishdan
ko’ra, muayyan mansabdagi ijtimoiy ish bilan shug’ullanishni afzal
ko’radilar. Oila ma’-lum ma’noda ikkinchi o’ringa suriladi.
Tug’ilishning kamayishiga ta’sir etuvchi uchinchi sabab urbanizatsiya –
jamiyatning rivoj-lanishida shaharning
ahamiyati oshib borishi
hisoblanadi. Shahar hayot tarzi ko’p bolali oilalarning ko’payishini
keltirib chiqar-maydi. Agar qishloqda bola yoshligidan yordamchi
hisoblansa, shaharda esa o’z tarbiyasi uchun katta mablag’ va vaqt
sarflashni talab qiluvchi iste’molchi hisoblanadi.
Ammo, qancha ajablanarli bo’lmasin, XX asrning oxiriga kelib
industrial rivojlanish ijtimoiy pessimizmning kelajagi yo’qligiga
barchada ishonch tuyg’usini uyg’otgan bir paytda, T.
Maltusning
ko’plab g’oyalari yana faollashdi. Real hayotdan olingan ba’zi bir
faktlarni ko’rib chiqamiz.
Qaerda ishlab chiqarish, ayniqsa, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
yomon tashkil etilgan bo’lsa, qaerda hosildorlik past, yig’ib
olingani esa
omborlarning etishmasligidan chirayotgan bo’l-sa, o’sha erda
T.Maltusning qayg’uli xulosalari o’z kuchini saqlab qolgan. Buni
bugungi kunda ham ko’pchilik rivojlanayotgan mamla-katlar xalqlari his
etib turibdi. Shu narsani hisobga olish kerakki, 83 % jahon iste’moli 20
% aholiga to’g’ri keladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
farovonligi dara-jasidagi farq kuchayib bormoqda. XX asr 70-yillarning
boshida ocharchilikdan qiynalganlar 400 mln.
kishini tashkil etgan
bo’lsa, 80- yillari – 500 mln., 90-yillari esa 700 mln. kishidan ko’pini
tashkil etdi. BMT ning ma’lumoti bo’yicha hozir dunyoda 1 mlrd. 200
ming kishi kambag’al. Kam rivojlangan mamlakatlar turmush darajasini
«jahon andozasi»ga «ko’tarish» uchun resurslardan foydalanishni 40
baravar ko’paytirishga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: