O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E


T.Maltusning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

 
5. T.Maltusning iqtisodiy qarashlari 
 
Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo’lmagan muallif-larni
sharmanda qilish «an’anasi» bor edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq 
tanqidga uchragan ingliz olimi Tomas Robert Maltus g’oyalari bo’lsa 
kerak. Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti), 
odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki, 
T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki ularning asosiy 
muxolifatlari bo’l-gan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq
ustunlik-lariga ishongan liberallarning ham g’azabini qo’zg’atgan. Nega 
T.Maltusni shunchalik yomon ko’rishgan? Pessimizmi uchun, aholi 
farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir
sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli kelajakka» ishongan. Birinchisi, 
xo’jalik jarayonlarini ongli ravishda ijtimoiy tartibga solish tufayli 
umumiy farovonlikka erishish-ga umid qilgan bo’lsalar, ikkinchisi, 
turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va 
82


xususiy manfaatdorlik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga 
ham, bunisiga ham pessimizm yot bo’lgan. 
Ingliz 
iqtisodchisi 
Tomas Robert Maltus (1766-1834)
dvoryan 
oilasida tug’ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq 
ruhoniysi, 1807 yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi. Uning 
asosiy asarlari 
«Nufus qonuni to’g’risida tajri-ba» (1798), «Er 
rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqi-qot» (1815), «Siyosiy 
iqtisodning printsiplari» (1820)
hisob-lanadi.
«Nufus qonuni». 
T.Maltus resurslarning cheklanganligi va 
ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi extiyojlarini qon-dirish 
muammosiga o’ziga xos tarzda yondashdi. U o’zining “Nufus qonuni 
to’g’risida tajriba” asarida aholi soni juda tez ko’payib boradi, oziq-
ovqat mahsulotlarning o’sishi esa, ancha orqada qolib ketadi deb 
ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko’payi-shini cheklovchi 
muayyan chora-tadbirlar qo’llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch 
keladi deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo’lini 
taklif etadi: birinchisi – epidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida 
aholining kamayishi, bunda tabiatning o’zi kishilar bilan ularning 
yashash vositalari o’rtasida me’yorl nisbatning o’rnatilishiga qisman 
yordam beradi, ikkinchi yo’l – nikohdan voz kechish yoki kech turmush 
ko’rish, tug’ilishni kamaytirish. 
T.Maltusning 
yozishicha, 
uning 
kitobi nashrdan chiqqan kungacha 
bironta mamlakat o’z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan 
o’zini etarli hajmda iste’mol mollari bilan ta’min-lash imkoniyatiga ega 
bo’lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imko-niyatlari bilan aniqlanuvchi
iqtisodiyot o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga 
chiqishga qodir emas.
T.Maltus o’z nazariyasini asoslab berishda tuproq unumdor-
ligining pasayib borish kontseptsiyasidan foydalangan. Agar bitta er 
uchastkasining o’ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shun-day 
nisbatda hosildorlikning o’sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik 
faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unum-dorligiga ham 
bog’liq bo’ladi. U berishi mumkin bo’lgan narsadan ortiqchasini undan 
olib bo’lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat 
qancha harakat qilmasin, qishloq xo’ja-ligidan u oladigan oziq-ovqat 
mahsulotlari miqdori faqat arif-metik progressiyada o’sadi (eslatib 
o’tamiz , arifmetik progres-siyada o’sish 1,2,3,4,5 ... ko’rinishda, ya’ni 
har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi), 
aholining soni esa geometrik progressiyada o’sadi va 25 yilda ikki 
83


barobar ko’payadi (eslatib o’tamiz, geometrik progressiyada o’sish 
1,2,4,8,16 ... ko’rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2 
barobar ko’p bo’ladi). Agar er aholisi asr boshida 1 mlrd. bo’lsa, asr 
oxiriga kelib u 8 mlrd. tashkil etadi, yashash vositalari esa to’rtdan birga 
ko’payadi. 
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg’u-lisi, eng 
ma’yusi hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning 
xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun 
odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila 
olmagan oziq-ovqat mahsulot-larini ishlab chiqarish imkonini yaratib 
beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo’ldi. Amerika iqtisodchisi 
J.L.Saymonning tas-diqlashicha, insonning ijodkorligi va uning mevasi 
– texnik jarayon planetadagi aholining har qanday o’sishini 
kompensatsiya-lashi va uning yuqori hayot darajasini ta’minlashi 
mumkin.
 
Ijtimoiy siyosatga munosabat. 
«Nufus qonuni to’g’risida tajriba» 
asarining yozilishiga U.Godvinning «Ijtimoiy adolat to’g’risida» ocherki 
sabab bo’lgan. Unda, daromadlarning adolatsiz taqsimlanishi – 
kambag’allikning asosiy sababidir, deb ko’rsa-tilgan va taqsimot 
mexanizmini takomillashtirish taklif etil-gan. T.Maltus esa ijtimoiy 
siyosatning hukumat va boshqa jamiyat tashkilotlar tomonidan olib 
borilishiga qat’iy qarshi bo’lgan. Uning fikricha, kambag’allarga 
bo’lgan xayrixohlik ularning ahvo-lini yaxshilashga qodir emas, balki 
faqat vaziyatni keskinlash-tiradi. Aholining quyi tabaqalariga 
ko’rsatiladigan moliyaviy yordam qisqa muddatli samara beradi va shu 
bilan aholining o’sishini rag’batlantiradi. Ammo bu unga muvofiq 
ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining ko’payishiga olib kelmaydi.
Demak, umuman olganda, jamiyat kambag’allashadi. T.Maltusning 
fikricha, qashshoqlikning asosiy sababi boshqaruv yoki notekis 
taqsimotga bog’liq emas, balki u «tabiiy qonunlar va inson ehtiroslari», 
tabiatning xasisligi va odamlarning juda tez ko’payishi bilan bog’liqdir. 
Shu bois, «xalq o’z azob-uqubatlari uchun, birinchi navbatda, o’zini 
ayblashi kerak». Unga hech qanday inqilob va ijti-moiy islohotlar 
yordam bera olmaydi. Shuning uchun aholining o’sishini va 
tekinxo’rlikni rag’batlantiruvchi ijtimoiy va xusu-siy xayrixohlikdan voz 
kechish zarur. 
Hozirgi 
zamon 
iqtisodchilari 
T.Maltusning ijtimoiy siyosatning 
ahamiyatiga bergan bahosiga qo’shilmaydilar. Mehnatga yaroqsiz va 
kam ta’minlangan aholini qo’llab-quvvatlash hozirgi zamonaviy 
84


jamiyat iqtisodiy siyosatning zarur qismidir. Bundan tashqari, xayriya 
faoliyati ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ush-lab turish uchun ham 
zarur: kambag’allarning ko’payishi bunday bar-qarorlikka xavf solishi 
mumkin. Biroq bunda faol ijtimoiy siyosatning salbiy tomonini ham 
hisobga olish zarur: u mehnatga va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan 
qiziqishni susaytiradi.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin