O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

“Siyosiy iqtisod va soliq 
solishning boshlanishi” (1817 y.)
asaridagi mohirona mulohazalar, 
ilmiylik tamoyillari D.Rikardoni bugungi kunda ham hurmatga sazovor 
o’ziga xos olim sifatida ko’rsatib turadi. 
Quyida biz D.Rikardoning nazariy qarashlarini ko’rib chiqa-miz. 
Qiymat nazariyasi.
D.Rikardo, eng avvalo, qiymat nazariyasiga 
alohida e’tibor qaratdi. Bu kategoriyani talqin qilishdagi noaniqlikni 
tugatish, D.Rikardo bo’yicha, siyosiy iqtisod uchun muhim ahamiyatga 
ega. Bu muammoni ko’rib chiqishda u A.Smit xulosalariga asoslandi va 
ularni tanqidiy rivojlantirishga harakat qildi. D.Rikardo A.Smitning 
mazkur kategoriyaga bo’lgan ikki xil qarashini inkor etadi va qiymat 
tovar ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlanishi kerakligini 
yozadi. U, qiymat birlamchi, shu bois daromadlar bilan aniqlanishi 
mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o’zini 
qiymatning 
meh-nat nazariyasi tarafdori 
ekanligini namoyish etadi. 
Qiymatni bunday sarfli tamoyil asosida tadqiq qilish, klassik 
iqtisodiy maktabining boshqa vakillariga ham xos. Lekin D.Rikardoda 
e’tiborga molik jihat shundaki, u ayrim hollarda tovar qiymati nafaqat 
unga sarflangan jonli mehnat bilan, balki kapital va xom ashyoni ishlab 
chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan ham aniqlanishini 
qayd qilib o’tadi. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati 
esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog’liq bo’ladi. 
Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan 
qiymatning mehnat nazariyasi sarfli tamoyillarga asoslangan. Uning bu 
nazariyasini birinchi bo’lib tanqid qilgan o’zining do’sti T.Maltus 
hisoblanadi. U, birinchidan, savol qo’yadi: agar qiymat-ning mehnat 
nazariyasini to’g’ri deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to’lash qanday 
bo’ladi: qiymat bo’yichami yoki qiymatdan past baho bo’yichami? Agar 
baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekviva-lentli ayirboshlash tamoyili 
74


buziladi (foydaliligi har hil, lekin bir xil qiymatga ega bo’lgan tovarlar 
ayirboshlanadi) - bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning 
asosiy tamo-yili. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi 
real ama-liyot bilan mos tushmasligini ko’rsatib beradi: agar qiymat-
ning yagona manbai haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, unda mehnat ko’p 
sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko’p sarf-lanadigan 
tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko’proq foyda olishlari kerak. 
Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda me’yori deyarli bir xil. 
Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan 
emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham 
aniqlanadi, deb xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o’limidan sal avval, 
o’zining qiymat faqat mehnat sarf-lari bilan o’lchanadi deb 
tushuntirishga qilgan harakati noto’g’ri ekanligini tan olgan. 
 Renta 
nazariyasi.
D.Rikardoning renta to’g’risidagi kontsep-tsiyasi 
bugungi kunda ham o’z faolligi bilan ajralib turadi. 
Erdan 
foydalanilganlik uchun hamisha renta to’lanadi,
bunda uning manbai
D.Rikardoning tasdiqlashicha, erga sarflangan mehnat hisoblanadi. 
Er 
resurslari 
cheklanganligi sababli, xo’jalik amaliyotida 
unumdorligi va joylashishi bo’yicha har xil bo’lgan er uchastka-laridan 
foydalaniladi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 
qiymati, D.Rikardo bo’yicha, eng yomon uchastkada ishlatiladigan 
mehnat sarflari bilan aniqlanadi. 
Faraz qilaylik, unumdorligi yaxshi muayyan er uchastkasida 
ishlashga 10 soat ketadi va bozorda mahsulot bahosi 10 pul birligiga 
teng. Aholining o’sishi oziq-ovqat tovarlari bahosi-ning oshishiga olib 
keladi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni yomon erlarda ham ishlashga 
majbur qiladi. Bu erlardan ko’rsatilgan miqdordagi hosilni olish uchun 
10 soat emas, balki 15 soat ish vaqti ketadi. Shunga muvofiq, 
mahsulotning bahosi ham 15 pul birligiga oshadi. Bozor bahosi bu 
summadan kam bo’lmasligi kerak, aks holda, yomon er uchastkalari 
ishlatilmasdan qolib ketadi. Yaxshi uchastkada ishlovchi fermerlar 
ishlab chiqarish uchun 10 pul bir-ligiga teng mehnat sarflaydilar, o’z 
mahsulotlarini esa 15 pul birlikka sotadilar. o’rtadagi 5 birlik farq er 
egasiga tegadi. Ana shu, D.Rikardo nazariyasi bo’yicha, renta 
hisoblanadi. Renta qiymat yaratmaydi. Aksincha, renta miqdori bozor 
bahosi darajasiga bog’liq bo’ladi. «Renta to’langani uchun non qimmat 
emas, balki non qimmat bo’lgani uchun renta to’lanadi... Agar hatto, er 
egalari barcha rentalardan voz kechganlarida ham nonning bahosi hech 
kamaymagan bo’lar edi», - deb yozadi D.Rikardo. Rentani tashkil 
75


etuvchi omillarni ham ishonarli qilib ko’rsatib berdi. Bunday omillar: 
tuproq unumdorligining har xilligi va er uchastka-sining bozorga uzoq 
yaqin joylashishi hisoblanadi. 
Aholi soni oshib borishi bilan milliy daromadda renta hissasining 
ko’payib borish moyilligi amal qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari 
narxining oshib borishi va milliy daromadda renta miqdorining ko’payib 
borish moyilligi D.Rikardoni juda tashvishga solgan. U, bundan 
qutilishning yo’li, xuddi T.Maltusga o’xshab, tug’ilishni kamaytirish deb 
bilgan. D.Rikardo fikri bo’yicha, yomon erlarni ishlamaslikka imkon 
beruvchi yana bir vosita xalqaro savdoni rivojlantirish, aholisi zich 
bo’lmagan mamlakat-lardan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olib kelish. 
Nihoyat, D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon 
beruvchi texnik taraqqiyotga ishonch hosil qilgan. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin