etuvchi tizim”ga qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm
to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo’jalik
hayotini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risida g’oyaning amalga
oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Frantsiya
hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi.
Napoleon “Traktat” bilan tanishib chiqqach,
uning muallifi-ni
suhbatga chaqirgan va unga o’z asarini tubdan qayta ishlashni taklif
qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy “sahnadan” ketishga
majbur bo’ldi.
Ammo tinib–tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish
fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813 yili uni sotib,
topgan puliga
«Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar
1814 yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817,
1819 va 1826 yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko’p
tillarga tarjima qilindi.
Frantsiyada Napoleon tuzumining emirilishi bilan vujudga kelgan
o’zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi
nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida
ishlashni
davom ettirdi, ko’p lektsiyalar o’qidi va ularda iqtisodiy
nazariya qoidalarini tizimlashtirish va omma-viylashtirish mahoratini
namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy
fanga aylandi. U iqti-sodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va
statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi.
«Sey qonuni».
J.B.Sey A.Smitning
erkin bozor, bahoning erkin
shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin
raqobati va protektsionizmning har qanday qo’rinishiga yo’l qo’ymaslik
tamoyillarini qo’llab-quvvatladi va ularni ko’klarga ko’tardi. Agar bu
tamoyillar qo’llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko’ra, ortiqcha ishlab
chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste’mol
qilmaslik ham
bo’lmaydi, ya’ni iqti-sodiy inqirozlarning ob’ektiv zarurligi kelib
chiqmaydi. U bu g’oyani rivojlantirib, o’zining «bozor qonuni»ni
yaratdi. U “Sey qonuni” deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko’ra,
Dostları ilə paylaş: