nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsa ham, bu
sharoitda Portugaliya uchun vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali. Gap
shundaki, resurslarni gazlama ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan
katta qiyosiy ustunlikka ega bo’lgan, vino tayyorlash tarmog’iga
o’tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo’li bilan 80 kishilik mehnat
sarflari hisobiga, ya’ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama
olishi mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham foydali, negaki
u o’z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo’li
bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas,
balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik
mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa ko’ri-nadiki, qiyosiy
ustunlik mavjud bo’lsa, ixtisoslashuv va ayir-boshlash ikkala mamlakat
uchun ham foydalidir. Bundan mamla-katlar o’rtasida mehnat taqsimoti
va ishlab chiqarishning ixtisos-lashuvi zarurligi kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: