O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

«Mantiq tizimi» 
nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari 
«Siyosiy iqtisod asoslari…»
bo’-lib, u 1848 yili chop etilgan. Bu asar 
beshta kitobdan iborat: (1) “Ishlab chiqarish”, (2) “Taqsimot”, (3) 
“Ayirboshlash”, (4) “Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va 
taqsimotga ta’siri”, (5) “Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta’siri 
to’g’risida”. Bu asarning so’zboshida yozilishicha, J.S.Mill iqtisodiy 
bilimlar darajasi-ning yuksalib borishini va ilg’or zamonaviy g’oyalarni 
hisobga olgan holda A.Smitning “Odamlar boyligi ...” va D.Rikardoning 
“Siyosiy iqtisodning boshlanishi”ning yangilangan variantini yaratishni 
o’ziga maqsad qilib qo’ygan. Asarning ushbu yuqoridagi ko’rinishda 
tuzilishi esa, muallifning fikricha, Smit-Rikardo iqtisodiy nazariyalarini 
izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy 
bilimlarni tizimlash-tirdi va ommaviylashtirdi, balki uning tomonidan 
bir qator qoidalar rivojlantirildi va ularga aniqlik kiritildi, xulosa va 
yakun dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi. 
J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab 
chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida 
ta’riflaydi. Shu bilan birga, uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga 
ega bo’lib, ishlab chiqarish qonunlari esa aba-diy hisoblanadi. 
89


Ko’pchilik mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy fan-ning 
metodologiyasini takomillashtirish J.S.Millning asosiy xizmati 
hisoblanadi. U nazariy xulosalar faqat muayyan sharoitda to’g’ri 
bo’lishidan kelib chiqqan holda, har qanday nazariy sxemaning 
nisbiyligini doimo ta’kidlagan va ko’p omilli tahlil-ning zarurligini 
ko’rsatib bergan. Tadqiqot metodi J.S.Mill-ning tavsiyasiga ko’ra, ikki 
asosiy narsaga asoslanadi: 1) xulosa va yakun, odatda, faqat muayyan 
sharoitda to’g’ridir; 2) ular har tomon-lama (universal) bo’lishi mumkin 
emas. Iqtisodiy hayotda bitta emas, balki juda ko’p sabablar amal qiladi. 
Ularni anglash, asosini ajratib olish juda qiyin, shuning uchun ularni 
chalkash-tirib yubormaslik, sabab va oqibatni bir-biridan ajrata bilish 
lozim. 
O’zgarib turuvchi sharoitlarni va o’zaro aloqalarni hisobga olgan 
holda turli kontseptsiya va qarashlarni, yondashuv va tavsiya-larni 
taqqoslash, to’g’ri xulosa chiqara bilish iqtisodiy bilim-larning meros 
bo’lib qolishini ta’minlaydi. 
J.S.Mill klassik iqtisodiy maktabni yakunlovchilardan biri sifatida 
iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo’shdi. Biz 
uning asosiy iqtisodiy nazariyalarini quyida ko’rib chiqamiz. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin