O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Dj. Ergashxodjaeva, M. S. Qosimova


Partizan hujumi - bu raqobatchni tushkunlikka tushurish maqsadida, har



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/171
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202128
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   171
Marketing asoslari. Darslik. Toshkent-2019


Partizan hujumi - bu raqobatchni tushkunlikka tushurish maqsadida, har 
zamonda uncha katta bo‘lmagan hujumlarni uyushtirib, unda o‘ziga nisbatan 
ishonchsizlik tuyg‘usini rivojlantirishdir (narxlarni har zamonda pasaytirish va 
mahsulotni jaddal sur’atlar bilan siljitish, oqibatda esa raqobatchini o‘zi uchun zararli 
bo‘lgan qarshi harakatlarni qilishga majbur etish va x.k.). Bunday strategiyani 
ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan cheklangan resurslarga ega firmalar, ancha yirik 
bo‘lgan raqobatchilarga nisbatan qo‘llaydilar. Biroq tez-tez amalaga oshiriladigan 
partizan hujumlari- bu katta harajatlarga olib keladigan tadbirlar, uning ustiga 


244 
raqobatchilar ustidan g‘alaba qozonish uchun, unga boshqa turdagi hujum harakatlari 
bilan qo‘llab-quvvatlab turish kerak. 
“Lider orqasidan boruvchi” - bu bozorda ulushi uncha katta bo‘lmagan 
raqobatchidir. Ushbu xulq-atvor ko‘proq oligapoliya holatidagi o‘rinlarga ega bo‘lib, 
unda differensiatsiya imkoniyatlari kam, har bir raqobatchi barcha firmalarga zarar 
keltirishi mumkin bo‘lgan kurashdan qochadi. 
Mutaxassis strategiyasida mutaxassis butun bozor bilan emas, balki bir yoki bir 
necha sengment bilan qizikadi. Uning maqsadi katta daryoda kichik baliq bo‘lish 
emas, balki kichik daryoda yirik baliq bo‘lishdan iborat. Bu raqobatchilik strategiyasi 
asosiy strategiyalardan biri bo‘lgan konsentratsiya strategiyasiga mos keladi. 
Mutaxassis e’tibor berayotgan chuqurcha rentabellik bo‘lishi uchun u beshta shartni 
qondirishi lozim: 
1. Etarli potensial foydaga ega bo‘lishi kerak. 
2. Potensial o‘sishga ega bo‘lishi. 
3. Raqobatchilar uchun kam jalb etuvchi bo‘lishi kerak. 
4. Firmaning maxsus imkoniyatlariga mos kelishi kerak 
5. Kirishni barqaror to‘siqlariga ega bo‘lishi kerak. 
 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.
Raqobat deganda nimani tushunasiz? 
2.
Raqobatbardoshlikning mohiyatini tushuntirib bering? 
3.
Raqobatning qanday turlari mavjud va ularning mazmunini izohlang? 
4.
Qanday raqobat strategiyalari mavjud? 
5.
Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasini izohlang? 
6.
Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar nimalardan iborat? 
7.
Mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar nimalardan iborat? 
8.
Raqobatning rivojlanishiga ta’sir omillarni tahlil qiling? 
9.
Raqobatli ustunlik tushunchasiga izoh bering?
10.
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat” to‘g‘risidagi qonunini muhokama 
qiling? 


245 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin