O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 3. Betonning zichligi, o`tkazuvchanligi va sovuqqa chidamliligi



Yüklə 5,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/41
tarix07.01.2024
ölçüsü5,46 Kb.
#203203
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Beton texnologiyasi 2 qism

1. 3. Betonning zichligi, o`tkazuvchanligi va sovuqqa chidamliligi 
 
Qotmagan beton bilan qotgan betonning zichligini farqlash kerak bo`ladi. To`g`ri 
hisoblanib zich yotkazilgan beton qorishmasi mutlaqo zich bo`lishi (qorishmadagi 
suv ham hisobga olingan holdagi zichlik) mumkin. Bu holatdagi beton 
qorishmasining zichligi, agar havo qo`shilmagan va material absolyut hajmi ja`mi 
olib hisoblangan bo`lsa, nazariy zichlik bilan bir xil bo`ladi.
Betonning zichlashtirish sifati odatda quyidagi zichlashtirish koеffitsiyenti 
bilan hisoblanadi: 
K
zich
=

haq
/

his

(1. 14) 
bu formulada 

haq
 va 

his
 - beton qorishmasining haqiqiy va hisobiy zichligi.
 
Odatda koеffitsiyentni k
zich

1 olishga harakat qilinadi. Biroq vibratsiya 
(titratish) va boshqa omillar ta`sirida beton qorishmasiga havo aralashgani sababli 
k
zich
ko`pincha 0, 96 – 0, 98 ga teng bo`ladi.
Qotgan betonda suvning faqat bir qismigina kimyoviy birikkan holatda 
bo`ladi. Qolgan (еrkin) suv g`ovaklarda qoladi yoki bug`lanib ketadi. Shuning 
uchun qotgan beton hech qachon absolyut zich bo`lmaydi. Betonning g`ovakligini 
(% ko`rinishida) quyidagi formula bilan aniqlash mumkin 


39 
100
1000
'
Ts
S
Q




bu erda S va Ts – 1m

beton uchun suv va sement sarfi, kg; 

- kimyoviy 
birikkan suv miqdori, sement massasiga nisbatan %.
28 sutkada sement o`z massasining 15 foizi miqdoridagi suvni biriktirib 
turadi. Masalan, 1m
3
beton qorishmasida 320 kg sement va 180 litr suv bo`lganda 
betonning g`ovakligi quyidagicha bo`ladi: 
%
2
,
13
100
1000
320
15
,
0
180
'




Q
zichlik еsa 100-13, 2=86, 8%. 
Beton nisbiy zichligini to`ldiruvchilar donadorlik tarkibini diqqat bilan tanlab 
oshirish mumkin. Natijada to`ldiruvchi aralashmasida bo`sh joylar kamayib 
sement toshining betondagi miqdori minimal bo`ladi. Bundan tashqari 
gidratatsiyada ko`proq suvni biriktiradigan (yuqori darajada mustahkam 
portlandtsement, giltuproqli va kengayadigan sement) yoki ko`proq absolyut 
hajmni еgallaydigan (putstsolanli) sement turlarini ishlatish mumkin. Beton 
zichligini suv sement nisbatini kamaytirish bilan ham oshirish mumkin. Buning 
uchun unga maxsus qo`shimchalar – plastifikatorlar qo`shiladi, beton qorishmasini 
vibrator, markazdan qochuvchi va boshqa mexanik usul bilan zichlashtiriladi.
Betondagi еrkin suvning bir qismini yotqizish vaqtida vakuum yoki presslash usuli 
bilan chiqarib tashlash mumkin.
Betonning zichligi muhim xususiyat hisoblanib uning mustahkamligi, 
o`tkazmaslik xususiyati va uzoq vaqt ishlashini ta`minlaydi.
Gidrotexnik va boshqa inshootlar uchun betonning o`tkazuvchanligi ayniqsa 
muhim xususiyat sanaladi. U shuningdek materialning namlanish va muzlash, 
agressiv muhit va turli atmosfera omillarining ta`siriga qarshiligi xususiyatini ham 
belgilaydi.
Betonning o`tkazuvchanligi uning g`ovakligi, g`ovaklarning strukturasi
bog`lovchi va to`ldiruvchining xususiyatiga ham bog`liq bo`ladi. Beton turli 
o`lchamdagi g`ovak va kapillyarlarning mayda to`ri o`tgan kapillyarli-g`ovak 
material hisoblanadi. Mayda g`ovak va kapillyarlar (mikrog`ovaklar) o`lchami 10
-


40 
5
sm bo`lib ularga xususan sement gelining g`ovaklari ham kiradi va deyarli suv 
o`tkazmaydi.
O`lchami 10
-5
sm dan katta bo`lgan makrog`ovak va kapillyarlar bosim, 
namlik gradiyenti yoki osmotik ta`sir sababli suvni filtrlashi mumkin. Shuning 
uchun betonning o`tkazuvchanligi undagi makrog`ovak va kapillyarlarning hajmi 
va taqsimlanishiga bog`liq bo`ladi.
Makrog`ovaklar ning taqribiy hajmi Vmg` % bilan quyidagi formula 
yordamida hisoblaniladi 
100
1000
2
'
Ts
S
Vмg



. (1. 15) 
Betondagi makrog`ovaklarning hajmi 0 dan 40 foizgacha o`zgarib turadi.
S/TS darajasi kamayganda, sement gidratatsiyasi oshganda, beton qorishmasining 
havoni olishi kamayganda, beton strukturasini zichlovchi kimyoviy qo`shimchalar 
qo`shilganda beton makrog`ovaklari kamayadi. O`tkazuvchanlik bilan 
makrog`ovaklikning bog`liq еkanligi 1. 15-rasmda ko`rsatilgan. Makrog`ovaklik 
asosan suv sement nisbatiga bog`liq bo`lgani uchun o`tkazuvchanlikni S/TS 
bog`lash mumkin va bu holat amalda foydalanish uchun ancha qulayroq ham.
Amalda bu bog`liqdagi chetlashish ancha katta bo`lishi mumkin. Chunki suv 
sement nisbati bir hil bo`lgan sharoitda makrog`ovaklik sementning turi va sarfi
zichlashganlik darajasi va betonning o`tkazuvchanligiga ta`sir еtuvchi boshqa bir 
qancha omillarga bog`liq bo`ladi.
Beton namlanganda mayda g`ovak va kapillyarlar suv bilan to`lib, u еsa 
sirtqi kuchlar ta`sirida o`z harakatchanligini sezilarli yo`qotib kapillyarlarni 
berkitib qo`ygandek bo`ladi. G`ovak va kapillyarlarning «kolmatatsiyasi» degan 
holat yuzaga kelib betonning o`tkazuvchanligini kamaytiradi.
Betonning yoshi oshib borishi bilan uning g`ovaklik holati ham o`zgaradi.
Makrog`ovaklar sement gidratatsiyasi mahsulotlari bilan to`lib hajmi kamayadi va 
natijada betonning o`tkazuvchanligi kamayadi.


41 
Betonning o`tkazuvchanligini o`tkazuvchanlik koеffitsiyenti ya`ni doimiy 
bosim sharoitida, 1 soat davomida, 1 sm
2
dan o`tgan suv bilan hisoblab topish 
mumkin:
k
o`t
= V
S
 Ft(P
1
-P
2
)
, (1. 16) 
bu formulada V
S
 – namunadan o`tgan suvning miqdori; F – namunaning yuzasi; t – vaqt; 
P
1
-P
2
 – bosim gradiyenti
.
1. 15-rasm. Betonning o`tkazuvchanlik koеffitsiyentining mikrog`ovaklik V
mg`
xajmiga bog`liqligi 
Zich betonlar odatda suvni filtrlamaydi. Shuning uchun ularni baholash 
uchun boshqa tushuncha – suv o`tkazmovchanlik markasi ishlatiladi, masalan, S2, 
S4 va hokozo. Ushbu xususiyat maxsus sinovlarda aniqlanib, beton qanday 
bosimgacha suv o`tkazmasligini ko`rsatadi.


42 
1. 16-rasm. Oddiy (1) va havo aralashgan (2) betonning sovuqqa chidamliligini 
S/TS nisbatiga bog`liqligi 
Sinov o`tkazishda namunaning suvga tegib turgan tomonida bosim asta-sekin 
orttirib boriladi. Namunaning boshqa tomoni kuzatilib bosim qanchaga etganda 
uning yuzasida suv yoki alohida tomchi paydo bo`lishi aniqlanadi. Mana shu 
bosim betonning suv o`tkazmaslik xususiyatini belgilaydi.
Betonning o`tkazmaslik xususiyatiga uning bir xilligi, qotish va ishlash 
davomida material yaxlitligining saqlanishi katta ta`sir qiladi. Yuk ta`siri bilan 
beton cho`kkanda, ketma-ket nam bo`lish va muzlash yoki qurish yoki boshqa 
omillar sabab paydo bo`ladigan mikroyoriqlar betonning o`tkazmaslik xususiyatini 
ancha kamaytirishi mumkin.
Yuqorida aytib o`tilganlar singari betonga boshqa suyuqliklar – tuz va kislota 
еritmasi, neftmaxsulotlari va hokozolarning ta`siri ham tegishlidir. Ba`zi hollarda 
bunday ta`sir sement toshi va to`ldiruvchining singgan suyuqlik bilan faoliyatga 
kirishishi sababli ham sodir bo`ladi. Bu еsa o`z navbatida betonning 
o`tkazuvchanligini asta-sekin oshirib boradi. Ba`zan еsa g`ovaklar o`zara ta`sir 
mahsulotlari bilan kolmatatsiyalanganda betonning o`tkazuvchanligi kamayishi 
ham mumkin.
G`ovaklik hajmi va xususiyati betonning gazo`tkazuvchanlik xususiyatiga 
hal qiluvchi ta`sir еtishi mumkin. G`ovaklarning namlik yoki kimyoviy reaktsiya 
maxsullari bilan kolmatatsiyalanishi betonning gazo`tkazuvchanlik darajasini 


43 
ancha kamaytiradi. Gazo`tkazuvchanlik beton va po`latning atmosfera omillari 
ta`sirida korroziyalanishiga katta ta`sir qiladi. Uning bu xususiyati 4-paragrafda 
batafsil keltirilgan.
Beton o`tkazmaslik xususiyatini oshirish uchun tarkib ratsional tanlanib va 
ish puxta tashkil еtilishidan tashqari boshqa maxsus usullar ham qo`llaniladi (1. 5-
jadval).
Beton o`tkazuvchanligini kamaytirish usullari

Yüklə 5,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin