47
Temir-beton konstruktsiyalarni loyihalashtirganda betondagi armaturaning
saqlanishiga ham ahamiyat berish zarur. Betonga po`latga nisbatan agressiv
bo`lmagan ionli
2
2
,
SO
Сl
suyuq muhit ta`sir qilganda birinchi navbatda beton
emiriladi. Gazli havoli muhitda (havoning nisbiy namligi >60%), shuningdek
konstruktsiyaga po`latga nisbatan agressiv ionli (
Cl
-
) qattiq va suyuq muhit ta`sir
qilganda armatura korroziyasi bo`lishi mumkin.
Bu holda konstruktsiyaning
emirilishi armatura korroziya natijasida bo`ladi. Zang mahsuli armaturada yig`ilib
betonga bosim tushiradi, darz paydo bo`lishi so`ng еsa himoya qatlamining
emirilishiga sabab bo`ladi. Korroziyada yorilib ketishi mumkin bo`lgan
mustahkamligi yuqori po`lat ishlatilishi ayniqsa xavf darajasini oshiradi. Bu
holatda zo`riqqan armatura uzilib ketishi mumkin.
Gazli muhitdagi korroziya nam bo`lgan sharoitda yuz berib uning o`tishi
betonning suvli muhitda korroziyaga uchrashidan farq qilmaydi.
V. M. Moskvin korroziya asosiy turlarini sinflarga ajratishni taklif еtgan.
Olingan еksperimental ma`lumotlar va konstruktsiyalar еksplutatsiyasida
to`plangan tajribaga ko`ra betonda bo`ladigan karroziya jarayonlari uch turga
bo`lindi:
Korroziyaning birinchi guruhi (I tur korroziya)ga yumshoq suv ta`siri bilan
betonda korroziya jarayonlari birlashtirilib unda sement tarkibiy qismlari еrib suv
bilan oqib ketadi. Betonning I tur korroziyasi suv
betonda filtratsiyalanganda
ayniqsa tez boradi.
Korroziyaning ikkinchi guruhi (II tur korroziya) ga tarkibidagi kimyoviy
moddalar sement toshi tashkil еtuvchilari bilan reaktsiyaga kirishadigan suv sabab
bo`ladigan korroziyalar kiradi. Reaktsiya mahsullari suvda oson еrib biriktirish
xususiyati bo`lmagan amorf massa sifatida oqib ketadi, yoki reaktsiya joyida
qoladi. Bu guruh kislota va magnezial tuzlar ta`sirida bo`ladigan jarayonlarni
qamrab oladi.
Korroziyaning uchinchi guruhi (III tur korroziya)ga beton g`ovaklari va
kapillyarlarida kam еriydigan tuzlar yig`iladigan jarayonlar kiradi.
Ularning
kristallashuvi g`ovak devorlari va kapillyarlardagi bosimni oshirib beton
48
strukturasi еlementlarini buzadi. Ular sirasiga beton kal’tsiy gidrosul’foalyuminat
kristallarining ko`payishi natijasida emiriladigan sul’fatlar ta`sirida bo`ladigan
korroziyani kiritish mumkin
Tabiiy sharoitda betonga bir qancha omillarning ta`sirini ko`rish mumkin.
Lekin ularning birortasi boshqasidan ko`ra ko`proq ta`sir qiladi.
I tur korroziya devori yuqa va suv bosimi sharoitida ishlatiladigan
konstruktsiyalar uchun ayniqsa xavfli bo`ladi. Bunday sharoitda sement toshining
tarkibiy qismlari еrib suvda yuvilib ketishi mumkin. Sement gidratatsiyasining
ayniqsa oson еriydigan mahsuli kaltsiy oksidining gidrati hisoblanadi va uning
yuvilishi sement klinkerining gidroliziga sabab bo`ladi. Birinchi navbatda uch
kaltsiyli va ikki kaltsiyli gidrosilikat kabi ko`p asosli so`ng past
asosli birikmalar
[masalan CaO
siO
2
aq
] emiriladi. Gidroalyuminatlardan to`rt kaltsiyli alyumoferrit
(C
4
AF) kamroq chidamli bo`ladi.
Betondagi kaltsiy gidrookisining ajralishi beton qorishma qismi
mustahkamligi yo`qolishiga sabab bo`ladi. Beton 33% CaO yo`qotganda uning
emirilishi boshlanadi. Beton korroziyasining tezligi betonni yuvadigan suv oqimi
tezligiga to`g`ri proportsionaldir. Biroq oqim tezligi katta bo`lganda ishqor
yuvilish asosan CaO ni beton yuzasidan ajralish tezligiga bog`liq bo`ladi. I tur
korroziya jarayonining o`tishiga suv – muhitning kimyoviy tarkibi katta ta`sir
qiladi. Suvdagi tuz sement toshi еlementlari bilan reaktsiyaga kirishmasa ham
aralashmaning ionli kuchini oshirib CaO ishqor yuvilishini tezlashtiradi.
Aralashmada kaltsiy tuzi (CaHCO
3
) CaCO
3
) ishqor yuvilish tezligini kamaytiradi.
Shuning uchun beton karbonlanganda I tur korroziyaning
rivojlanish tezligini
kamayadi. Betonning I tur korroziyaga chidamliligi ishlatilayotgan sementning
kimyoviy tarkibiga ham bog`liq bo`ladi Agar emirilish sementning tarkibiy
qismining еrishi natijasida sodir bo`lsa, ya`ni CaO ning ko`p qismi еritmaga o`tsa,
portlandtsementda yuqori asosli birikmalar ( alit C
3
S, belit C
2
S) ning ko`proq
bo`lishi sement toshining chidamliligini kamaytiradi.
Sementga faol gidravlik qo`shimchalar (trepel, trass va h. k. ) qo`shib ham
beton chidamliligini oshirsa bo`ladi. Mazkur moddalar Ca (OH)
2
ni еrimaydigan
49
birikmaga aylantirib CaO yuvilishini kamaytiradi.
Bundan tashqari yuqoridagi
qo`shimchalar betonning suv o`tkazish xususiyatini ham kamaytiradi. Putstsolon
portlandtsement suv bilan sovuqning birga ta`siri istisno qilingandagina I tur
korroziyasiga chidamli bo`lishini ham aytib o`tish zarur.
Betonning I tur korroziyasiga chidamliligini oshirish uchun quyidagilar
ishlatiladi: a) zichligi yuqori beton; b) beton yuzasini tabiiy yoki sun`iy
karbonizatsiyalash; v) maxsus, xususan, putstsolan sement; g)
beton yuzasini
gidroizolyatsiyalash; d) betonni qoplash yoki maxsus vositalarni shimdirish.
Korroziyaning II turida beton ketma-ket emirilmaydi. Betonning tashqi
muhitga ochiq yuzasida gidratlangan sement toshi struktura еlementlari, ba`zan еsa
sement klinkerining gidratlanmagan zarrasi buziladi. Yangi hosil bo`lgan
moddalarda agressiv muhitning kirishiga qarshi turadigan bog`lovchi xususiyat
ham etarli zichlik ham bo`lmaydi. Ular yuvilib yoki еrib betonning ichki
qatlamlari ochilib qoladi.
Tabiiy suvda korroziyaning korbonat angidritli suv ta`siri bilan bo`ladigan
turi ko`proq uchraydi. Karbonat angidrit H
2
CO
3
hamma suvda bo`ladi. Suvning
o`zi va tuproqda bo`ladigan jarayonlar suvda karbonat angidritni hosil qiladi.
Karbonat angidritda dissotsiatsiya ikki bosqich bilan bo`ladi:
Dostları ilə paylaş: