O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
9.2. Vaqt muammosi va Marshall xochi 
Iqtisodiy tahlilda asosiy muammolardan biri bu ta‘sir etayotgan 
omillarning natijaga ta‘sir qilishiga ko‗p vaqt ketishidir. Qisqa vaqt 
mobaynida ta‘sirlarni to‗g‗ri tushuntiruvchi har qanday tahlil yoki 
xulosa uzoq muddat uchun noto‗g‗ri bo‗lishi mumkin. Marshallning 
ceteris paribus usulidan foydalanishi uning vaqt bilan ishlash usuliga 
mos keladi. Bozorda ba‘zida bir zumlik vaqt yoki juda qisqa muddatda 
ko‗p omillar o‗zgarmas tarzda ushlab turiladi. Keyinchalik esa bir 
zumlik vaqtdan qisqa muddatga, uzoq muddatga va juda uzoq muddatga 
o‗tish jarayonida o‗zgarmas miqdorlar ham o‗zgartiriladi. Vaqt o‗tishi 
talabga bir oz ta‘sir qiladi, ammo bu taklif tahliliga ancha putur 
yetkazishi mumkin.
Vaqt oqibatida yuzaga kelgan muammolarni ko‗tarib, Marshall 4 ta 
vaqt davrlarini belgilab berdi. Marshall uning farqlari butunlay sun‘iy 
bo‗lganligini tan oldi. ―Haqiqiy hayotning iqtisodiy sharoitlarida tabiat 
ular orasiga hech qanday chiziqlar chizmagan‖. Marshallning vaqt 
tushunchasi soat vaqtlari bilan o‗lchanadigan xronologik vaqt emas, u 
asosan tahliliy qarashdir. Vaqtlarga bo‗lish firmaning yoki taklifning 
iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan ta‘riflanadi. Bir zumlik davrda taklif 
umuman o‗zgarmas yoki mukammal noegiluvchandir. Narx o‗zgarganda 
taklif miqdori umuman o‗zgarmas, chunki narxning o‗zgarishiga 
firmalar moslashishi uchun vaqt juda qisqa. Qisqa davr bu firmalar 
mahsulot ishlab chiqarishni hamda taklifni o‗zgartira oladigan, ammo 
zavodni ko‗paytira olmaydigan vaqt hisoblanadi. Bu yerda taklif biroz 
egiluvchan. Chunki baland narxlar taklif miqdorini oshiradi va taklif egri 
chizig‗i tepaga yuqoriga ko‗tariladi. Qisqa davr mobaynida firmaning 
umumiy xarajatlari ikkita tarkibiy qismga bo‗linadi: ishlab chiqarish 
hajmi bilan o‗zgaradigan xarajatlar, ya‘ni Marshall ularni maxsus, 
to‗g‗ridan to‗g‗ri yoki asosiy xarajatlar, deb atagan va zamonaviy 
nazariya fanida ularni o‗zgaruvchi xarajatlar, deb ataymiz. Ishlab 
chiqarish hajmi o‗zgarishi bilan o‗zgarmaydigan xarajatlarni Marshall 


196 
qo‗shimcha xarajatlar, deb atagan va zamonaviy nazariyada esa uni 
doimiy xarajatlar, deb ataymiz. Qisqa davrdagi o‗zgaruvchan xarajatlar, 
va doimiy xarajatlar o‗rtasidagi farq shubhasiz Marshallning biznes 
jarayonlarini kuzatishidan kelib chiqqan. Bu metodologiya firma 
harakatlarini tahlil qilishda muhim tahliliy vosita hisoblangan. Uzoq 
davrda zavod hajmi o‗zgara oladi va hamma xarajatlar o‗zgaruvchan 
bo‗ladi. Taklif egri chizig‗i uzoq davrda qisqa davrga qaraganda ko‗proq 
egiluvchan bo‗ladi va firmalar zavodlarni ko‗paytirish orqali narxlar 
o‗zgarishiga to‗liq moslasha oladilar. Sanoatda uzoq muddatli taklif egri 
chizig‗i 3 ta umumiy shaklga ega, ya‘ni u tepaga va o‗ng tomonga 
siljishi mumkin (xarajatlar oshishi mumkin); u butunlay egiluvchan 
bo‗lishi mumkin (xarajatlar doimiy bo‗lishi mumkin) yoki noodatiy 
hollarda u pastga va o‗ngga siljishi mumkin (xarajatlar tushishi 
mumkin). Azaliy yoki juda uzoq davrda texnologiya va aholi soni 
o‗zgarishi mumkin, shuning uchun Marshall narxlarning harakatini 
avloddan avlodga o‗tish davrida tahlil qilayatgan paytda bunday davrni 
ishlatadi. 
Marshall mikroiqtisodiy nazariyaning deyarli har bir qismiga o‗z 
hissasini qo‗shgan bo‗lsa ham, uning nazariyaga qo‗shgan eng buyuk 
hissasi vaqtning taklifga ta‘sirini tahlil qilishidir. U narx tahlillarida 
vaqtning ta‘sirini aniqlashda bir qancha asosiy qiyinchiliklarni topdi va 
u keyinchalik hayotida bu sohada ishlash uchun ko‗p mashaqqat kerak 
ekanligini isbotladi. 1908-yilda J.B.Klarkga yozilgan maktubda u 
oldinda yana beshta mavzu bo‗yicha ko‗p ishlar turgani haqida yozib, 
―Vaqtning ta‘sirini puxta ishlab chiqish‖ ni ro‗yxatining boshiga qo‗ydi. 
XIX asrning oxirgi choragi davomida iqtisodchilar o‗rtasida bahoga 
talab va taklifning ta‗siri masalasi alohida o‗rganila boshlandi. Klassik 
iqtisodchilardan J.S.Millning tamoyili taklifga urg‗u berardi, biroq 
Jevons, Menger va Valraslar talabni asosiy o‗ringa qo‗ydi. Jevons va 
boshqalar baho faqat talabga bog‗liq, degan fikrni uzoq ma‘qullashdi. 
Mavzudagi bu bahs-munozaraning ta‘sirini Marshallning qiyosiy narxlar 
nazariyasi orqali ifodalash qiyin ish edi. Marshall o‗zining klassik va 
Me‘yoriy naflilik maktablarining vaziyatlarini murosaga kelitirshga 
harakat qilgan talab va taklif tahlillariga bo‗lgan tanqidlardan xafa 
bo‗ldi. Uning fikricha u faqatgina tinchlikni emas, balki haqiqatni ham 
izlagan. Bundan tashqari uning talab va taklif tahlillari Jevons, Menger 
va Valraslar bu mavzuda yozishni boshlashidan oldin shakllantirilgan 
edi.


197 
Marshall mahsulotning narxini me‘yoriy naflilik belgilab beradimi 
yoki ishlab chiqarish xarajatlarimi, degan savol ustidagi bahs-
munozaralarni vaqtning ta‘siri va iqtisodiy omillarning o‗zaro 
bog‗liqligi haqida aniq tushunchaga ega bo‗lish orqali hal qilanadi, 
degan fikrda edi. Pirovard tovarlarning talab egri chizig‗i pastga va 
o‗ngga siljib boradi, ya‘ni odamlar ko‗p miqdordagi tovarlarni arzon 
narxlarda sotib oladi. Taklif egri chizig‗ining shakli tahlillar ostidagi 
vaqt davriga bog‗liq bo‗ladi. Vaqt qancha qisqa bo‗lsa, narx 
aniqlashdagi talabning ahamiyati shunchalik muhim bo‗ladi, vaqt 
qancha uzunroq bo‗lsa, taklifning ahamiyati ko‗proq muhim bo‗lib 
boradi. Uzoq muddatda o‗zgarmas xarajatlar sharoitida taklif butunlay 
egiluvchan bo‗ladi, shuning uchun narx faqatgina ishlab chiqarish 
xarajatlariga bog‗liq bo‗ladi. Shunday bo‗lsada, narxni talab aniqlaydimi 
yoki taklif, degan mavzuda bahslashish foydasizdir. Marshall omil oddiy 
narsa emasligini va har qanday o‗zgarishga faqatgina bitta omil ta‘sir 
etadi, deyish 
noto‗g‗ri 
ekanligini 
ko‗rsatish 
uchun 
quyidagi 
o‗xshashlikni keltirdi:
―Biz tovarning qiymatini naflilik shakllantiradimi yoki ishlab 
chiqarish xarajatlarimi, degan muammoni bir bo‗lak qog‗ozni 
qaychining tepadagi tig‗i kesadimi yoki pastdagisi, degan muammoga 
o‗xshatishimiz mumkin. Qaychining bir tig‗i ushlab turilgan holda 
kesish boshqa tig‗i tomonidan ta‘sir qilishi aniq, biz ehtiyotsizlik bilan 
kesish ikkinchi tig‗i tomonidan bajarilyapti, deyishimiz mumkin, ammo 
bu holat qat‘iy to‗g‗ri emas va bu shunday bo‗lgandagina to‗g‗ri 
hisoblanadi. Lekin ilmiy jihatdan faqatgina bir tig‗i qog‗ozni kesyapti, 
deyish noto‗g‗ri‖. 
Marshall o‗zining me‘yoriy tahlili ko‗p iqtisodchilar tomonidan 
noto‗g‗ri qo‗llanishini ta‘kidlagan. U boshqa iqtisodchilar go‗yo 
me‘yoriy qiymat (narx, foyda yoki unumdorlik) butun qiymatning 
hammasini belgilab beradi, deb hisoblaydilar, deb yozadi. Masalan, 
pirovard tovarning narxini tahlil qilayotganda me‘yorli naflilik yoki 
me‘yoriy xarajat bahoni belgilaydi, deyish to‗g‗ri emas. Me‘yoriy 
tahlilchilar ―biz butun bahoni keltirib chiqaruvchi kuchlarning harakatini 
o‗rganish uchun me‘yoriy tahlildan foydalanishimiz kerak‖ deb taklif 
bildiradi. Me‘yorli naflilik yoki me‘yoriy xarajatlar narxni belgilamaydi, 
ularning qiymati narx bilan birga me‘yoriy miqdorlarga ta‘sir etuvchi 
omillar tomonidan aniqlanadi. Bu yerda Marshall o‗zining qarashlarini 
to‗g‗ri o‗xshashlik bilan ko‗rsatib berdi. Jevons narx aniqlaydigan 
elementlarni, ya‘ni foyda, narx va bahoni alohida o‗rganishga harakat 


198 
qildi. Lekin u yagona omil topaman, deb adashdi. U jarayonni zanjirli 
jarayon, deb bildi, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot taklifini 
keltirib chiqaradi, taklif me‘yori naflilikni aniqlaydi va me‘yoriy naflilik 
narxni belgilaydi, deb o‗ylagan. Marshall bu elementlar o‗zaro bir-biriga 
ta‘sir qilishini e‘tibordan chetda qoldirdi, deb o‗ylab adashganligini 
ta‘kidlaydi. Agar biz kosaga uchta koptokni joylashtirsak, biri me‘yoriy 
naflilik, ikkinchisi ishlab chiqarish xarajatlari va yana biri narx bo‗lsa, 
har qaysi koptokning vaziyati boshqalarining vaziyatini keltirib 
chiqaradi, deyish noto‗g‗ri. Ammo koptoklar o‗zaro biri boshqasining 
vaziyatini aniqlashi to‗g‗ri. Shuning uchun talab, taklif va narx bir-biriga 
me‘yoriy miqdorlarda o‗zaro ta‘sir ko‗rsatadi va bir-biriga nisbatan 
o‗zlarining tegishli bahosini aniqlaydi. 
Marshall o‗zining narx nazariyasini tubdan Rikardonikiga 
o‗xshaydi, deb ta‘kidlaydi. Marjinalistlar norozi bo‗lishiga qaramasdan, 
u Rikardo talabning ahamiyatini anglab yetgan, ammo unga kam e‘tibor 
bergan, chunki uning ta‘sirini tushunish oson, deydi, u o‗zini narxni 
aniqlashda taklif tarafini tahlil qilishga bag‗ishlagan, deb ta‘kidlaydi. 
Marshall 
Rikardoning 
qiymatning 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlari 
nazariyasida ishchi kuchi va kapital xarajatlariga bo‗linganligini topdi. 
Iqtisodiy nazariyaning ko‗p tarixchilari buni Rikardo xususidagi 
sahovatli talqin, deb hisoblaydilar. Marshallning fikricha, qiymat 
nazariyasida Rikardoning asosiy kamchiligi vaqtning ta‘sirini ochib bera 
olmaganligidadir, o‗zining fikrlarini aniq ifoda qila olamsligi esa bu 
muammoni yanada kuchaytirgan. Marshall Jevons va boshqa 
marjinalistlarning Rikardoning qiymat nazariyasini to‗liq tor-mor etdik, 
faqatgina talabga e‘tibor berish orqali to‗g‗ri nazariyani ishlab chiqdik, 
degan ta‘kidlarini rad etgan. U o‗zining qo‗shgan hissasini Rikardo 
fikrlarining davomi va kengaytirilgan varianti sifatida ko‗rdi. Marshall 
o‗zining ishlanmalarida Rikardoning qiymat nazariyasining asosiy 
tamoyillarini o‗zgarishsiz qoldirganligini his qildi. Biz Marshallning 
qiymat nazariyasini baholashga uning boshqa fikrlarini ko‗rib 
chiqqandan keyin qaytamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin