199
egiluvchanligi tushunchasini aniq ifodalaganidadir.
Talab qilingan
miqdor va narx bir-biriga teskari bog‗liqlikda bo‗ladi. Talab egri chizigi
pastga va o‗ngga siljiydi. Talab miqdori o‗zgarishining narxning
o‗zgarishiga nisbati egiluvchanlik koeffitsiyenti orqali namoyon etiladi.
Talab miqdori va narx bir-biriga teskari bog‗liq bo‗lganligi sababli
hisoblangan talab egiluvchanligi koeffitsiyenti manfiy bo‗lgan. Odatda,
ijobiy egiluvchanlik koeffitsiyentini olish uchun tenglamaning o‗ng
tomoniga manfiy belgisi qo‗shilgan. Mahsulot
narxining talab qilingan
miqdorga ko‗paytmasi iste‘molchilarning umumiy xarajatlariga teng
bo‗ladi yoki ayni paytda sotuvchining umumiy daromadiga teng bo‗ladi
(p x q= TYe =TR). Agar narx bir foizgacha tushsa,
talab miqdori bir
foizga ko‗tarilsa, unda umumiy xarajat yoki daromad o‗zgarishsiz qoladi
va egiluvchanlik koeffitsiyenti birga teng bo‗ladi. Agar narx tushsa va
umumiy xarajat yoki daromad oshsa, hamda egiluvchanlik koeffitsiyenti
1 dan yuqori bo‗lsa mahsulot narxga nisbatan egiluvchan, deb ataladi.
Agar narx berilgan foizgacha tushsa, talab miqdori kamroq foizga oshsa,
umumiy xarajat
va umumiy daromad pasayadi, egiluvchanlik
koeffitsiyenti esa 1 dan kam bo‗ladi va mahsulot narxga nisbatan
noegiluvchan, deb ataladi. Marshall egiluvchanlik tushunchasini taklifga
nisbatan ham ishlatdi va shu orqali iqtisodga
yana bitta foydali usulni
olib kirdi. Narxga nisbatan egiluvchanlik tushunchasi adabiyotlarda
avval ham keltirilgan bo‗lsa ham Marshall o‗zining matematik qobiliyati
bilan uni aniq ifoda eta olgan edi, shuning
uchun u egiluvchanlik
koeffitsiyentining kashfiyotchisi hisoblangan.
Marshallning fikriga ko‗ra odamlar mahsulotlarni ulardan iste‘mol
qilishi orqali olinadigan nafliligi tufayli sotib olishni xohlaydilar.
Marshall tomonidan foydalanilgan naflilik funksiyasi yig‗indi shaklida
bo‗lgan, u umumiy naflilikni har bir mahsulotni iste‘mol qilishdan
olingan nafliliklarni qo‗shish orqali topgan. A mahsulotni iste‘mol
qilishdan
olingan naflilik iste‘mol
qilingan
A
mahsulotning
miqdorigagina bog‗liq bo‗ladi, boshqa iste‘mol qilingan mahsulotlarning
miqdoriga emas. Shuning uchun o‗rnini
bosuvchi va bir-birini
to‗ldiruvchi mahsulotlar ta‘siri e‘tiborsiz qoldirilgan. Naflilik funksiyasi
quyidagicha berilgan:
Dostları ilə paylaş: