311
Milliy valyuta kursini to‗lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatan past
darajadaligiga ega davlatlar quyidagi xususiyatlarga ega. Birinchidan,
aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan YaIM hajmi rivojlangan
mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan yuqori, AQSh
darajasiga nisbatan 80-85 % ni tashkil qiladi. O‗tish iqtisodiyotidagi
davlatlarda bu ko‗rsatkich past bo‗lib AQSh darajasining 20-25%ini
tashkil qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida bu ko‗rsatkich
juda ham past bo‗lib 10-15% ni tashkil qiladi.
Tabiiyki, milliy valyutani dollar ekvivalenti darajasida belgilasak,
yuqoridagi ko‗rsatkichlarda o‗zgarish yuz beradi.
Jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, valyutani tartibga solishning turli
usullarini qo‗llash orqali ba‘zi rivojlanayotgan mamlakatlar (Xitoy,
Malayziya va boshqalar) milliy valyuta barqarorligini oshirishga
erishmoqdalar.
Rivojlanish yo‗lidan borayotgan O‗zbekiston va boshqa davlatlarda
valyuta
kursiga
bo‗lgan
ta‘sir ikki yo‗nalishda bo‗lmoqda.
Devalvatsiyaga undovchi faktorlar ikki tomonlama, ya‘ni ijobiy va
salbiy jihatdan ta‘sir etadi. Bunda salbiy ta‘sir qarzning oshishi
hisoblansa, ijobiy faktor bo‗lib kelajakda raqobatning va eksportning
milliy valyutaning arzonlashuvi asosida amalga oshirilishi hisoblanadi.
Eksportni oshirish ijobiy savdo balansini ta‘minlash, ichki
jamg‗armani to‗ldirishga, oltin-valyuta rezervlarini ko‗paytirishga
yordam beradi. O‗zbekistonda eksport hajmi YaIMga nisbatan 23%.
Ko‗pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo balansining ijobiy
saldosiga erishish uchun xomashyo resurslari eksport qilinmoqda.
Ammo xomashyoning eksportiga asoslangan iqtisodiy siyosat natijasida
davlat tashqi bozordagi o‗zgarishlarga va narx-navo dinamikasiga
bog‗liq bo‗ladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida xomashyo narxlari
haddan ziyod pasaydi va bu holat arzon xomashyo eksportini vujudga
keltirdi.
Valyuta kursini o‗rnatishda to‗lovga qobiliyatlilik bilan birga
quyidagi nazariyalar ham qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: