239
investitsiyalar bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan tarmoqlarda ish bilan
bandlikning ko‗payishi o‗rtasidagi nisbatni ifodalab beradi.
J.M.Keynsning «Investitsiyalar multiplikatori» nazariyasiga ko‗ra
«qachonki investitsiyalarning umumiy summasi o‗ssa, unda
daromadlarning ko‗payishi investitsiyalar o‗simidan
K marta ortiq
bo‗ladi». J.M.Keynsning ta‘kidlashicha, bunday holatning sababi
«psixologik qonundan» kelib chiiqadi, unga ko‗ra «real
daromadning
o‗sib borishi bilan jamiyat doimo uning kamayib boruvchi qismini
iste‘mol qilishni xohlaydi».
Multiplikator samarasi, yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek,
investitsiyalarning ko‗payishi daromadning
ortishiga olib kelishini
ko‗rsatadi va bu ortgan daromad (jamg‗armani chiqarib tashlagandan
keyin) yalpi talabning bir qismiga aylanadi. Daromadlarning
multiplikatsiyalashuvi jarayoni to‗xtamaguncha
shunday davom etib
boraveradi. Bu yerda shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, kishilarning
jamg‗armaga bo‗lgan moyilligi qancha ko‗p (shunga muvofiq MRS
miqdori kam) bo‗lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‗ladi.
To‗la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi,
chunki
bo‗sh turgan resurslarning bo‗lmaganligi sababali ishlab chiqarishni
ortiqcha kengaytirib bo‗lmaydi. Real ijtimoiy mahsulot ko‗paymagan
holda resurslarni faqat tarmoqlararo qayta taqsimlash yuzaga keladi.
Multiplikatsiyalashgan iste‘molning kengayishi baholarning o‗sishida
ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: