11.4. Pulga bo„lgan talab va taklif
Insonlar bozor iqtsodiyoti sharoitida o‗z boyliklarini har xil
shakllarda (pul, qimmatli qog‗ozlar, yer uchastkasi, ko‗chmas mulk va
boshqa ko‗rinishlarda) saqlashi mumkin. Har kim o‗z boyligini
ko‗paytirishga va aynan qaysi shaklda saqlash maqsadga muvofiq
kelishiga intiladi.
Boylikning bir qismini pul shaklida ushlab turish maqsadga
muvofiq. Negaki, pul likvidli, unga har qanday tovar sotib olish
mumkin.
M.Fridmen boylikning beshta asosiy shakllarini ajratib ko‗rsatib
beradi: pullar, obligatsiyalar, aksiyalar, moddiy ne‘matlar, inson kapitali.
Bir shakldagi boylikning qimmati oshishi, ikkinchisining qimmati
pasayishi mumkin. Shu bois, boylik shakllarining almashtirib turilishi,
ularni sotish va sotib olish operatsiyalari doimo bo‗lib turadi. Odamlar
o‗z boyliklarini ancha likvidli aktiv – pul shakllarida ushlab turishga
harakat qiladilar. Pulga egalik qilish o‗z-o‗zidan daromad olib kelmaydi.
Pul zaxirasi bir tomondan, kundalik xarajatlar uchun kerak bo‗lsa,
ikkinchi tomondan, aktivlarni pul shaklida saqlash muqobil daromad
olish imkoniyatini yo‗qotadi. Yostiqning tagida, sandiqning tagida
yotgan pullar ularning
egalarini
obligatsiyalarni
sotib
olish,
tadbirkorlikka pul qo‗yish va boshqa yo‗llar bilan daromad topishdan
mahrum etadi.
247
Keynschilardan farqli ravishda, monetaristlarning tasdiqlashicha,
pulga bo‗lgan talab asosan ayirboshlash ehtiyojlari, boshqacha aytganda,
transaksion sabablar bilan aniqlanadi. Savol tug‗iladi: odamlar o‗z
aktivlarining qancha qismini likvidli shaklida ushlab turishlari kerak?
M.Fridmen bo‗yicha, tovar va xizmatlarni sotib olish uchun zarur
bo‗lgan qismini. Kassa zaxirasisiz bo‗lishi mumkin emas, lekin kassada
kamroq pul saqlash maqsadga muvofiqdir. Agar kassada pullari
ko‗payib ketsa, odamlar ularni ko‗proq foiz yoki foyda keltiradigan
aktivlarga aylantiradilar.
Agar baholarning (inflyatsiya) oshishi kutilsa, pulga talab
kamayadi, aksincha, baholarning pasayishi kutilsa, pulga bo‗lgan talab
kuchaydi. Pulga bo‗lgan talab foizga ham bog‗liq. Foiz oshganda pulga
talab pasayadi. Lekin pulga bo‗lgan talab nafaqat foiz stavkasiga, balki
M.Fridmen bo‗yicha boshqa aktivlarning daromadlariga nisbatan
pulning Me‘yorli foydaliligi ham bog‗liq. Uning Me‘yorli foydaliligi
qancha yuqori bo‗lsa, pul talabi ham ko‗payadi.
Pulning muomaladagi miqdori uning taklifini bildiradi. Pul taklifi
ancha o‗zgaruvchan bo‗ladi, u iqtisodiy omillar bilan aniqlanmaydi,
balki tashqi ta‘sirdan yuzaga keladi. Pul taklifi markaziy bank
tomonidan tijorat banklari beradigan kreditlar miqdori, qimmatli
qog‗ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pulga bo‗lgan talab
va pul taklifi monetar muvozanatni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar
hisoblanadi. Bunda muvozanat ajralgan holda shakllanmaydi. Pul
sektoridagi muvozanat tovar sektorida bo‗ladigan jarayonlar bilan uzviy
bog‗langan.
Pul taklifidagi o‗zgarishlarning YaIM bo‗lgan ta‘sirini monetaristlar
va keynschilar har xil tushuntiradilar. Keyns bo‗yicha pul-kredit siyosati
(pul miqdorining o‗zgarishi) asosida foiz stavkasi yotadi, u
investitsiyaga va yalpi talabga ta‘sir etuvchi asosiy omil sifatida
qaraladi. Shu bilan birga u foiz stavkasi rolini juda oshirib yubormaslik
kerakligini qayd qilib o‗tadi. Bundan tashqari foiz stavkasining
pasayishi investitsion talabning doimo o‗sishini keltirib chiqarmaydi
(―investitsion tuzog‗i‖ sababli), pul massasining ko‗payishi esa foiz
stavkasining pasayishini keltirib chiqarmasligi mumkin (―likvidlik
tuzog‗i‖ sababli).
Monetar nazariyada pul talabi va taklifi asosiy hisoblanadi. Ular
tovarlarga va investitsiyalarga bo‗lgan talabni pul oqimi (pul miqdori
massasi)ga bog‗lab tushuntiradilar. Pul massasining bir oz ko‗payishi
tovar va xizmatlarga bo‗lgan talabni oshiradi, lekin pul talabining
248
Me‘yordan oshib ketishi baholarning oshib ketishiga olib keladi.
Shuning uchun iqtisodiyotni tartiblovchi dastak sifatidagi baho
mexanizmining amal qilishiga xalaqit bermaslik zarur.
Dostları ilə paylaş: |