262
qildi, lekin u vaqtining ko‗p qismini ijtimoiy amaliy sohalar va
islohotlarga bag‗ishladi.
Viskonsin maktabi yo‗nalishi Madisondagi doktorlik dasturining
Qo‗shma Shtatlardagi boshqa universitet dasturlari bilan bir xil
bo‗lganidan so‗ng tugatildi. Kommons davrida va hattoki, II jahon
urushidan keyingi davrlarda ham Viskonsin universitetida bugungi
kungi oddiy dasturlarda beriladigan o‗rtacha ortodoksal ta‘limotlar bilan
ham doktorlik darajasiga erishish mumkin edi. Bu endi haqiqat emas.
Shunday bo‗lsada, Kommonsning ta‘siri natijasida ellik yillik davr
davomida Viskonsin juda ko‗plab iqtisodchilarni yetkazib berdi. Ular
keyinchalik tadqiqot agentliklarida, hukumat va boshqa universitetlarda
amaliy iqtisodiyot va ijtimoiy islohotlarga o‗z hissalarini qo‗shishdi.
Kommonsning uchinchi xizmati amaliy iqtisodiyot sohasida bo‗ldi.
Uning ustozi Richard T. Eli Jon Hopkinsdan Viskonsinga ko‗chganida
o‗z shogirdi Kommonsni ham olib ketdi. Eli mehnat harakatlari tarixi
bilan qiziqardi va bu sohada hujjatlar to‗plashni boshlagan edi. U
Kommonsning bu ma‘lumotlardan foydalanib Qo‗shma Shtatlar aniq
mehnat tarixini yaratishini xohladi, bu esa Kommonsning Viskonsindagi
eng yaxshi o‗quv davrlarini o‗z ichiga oldi. Kommons universitetni
bitirgan talabalari ko‗magida 1910-yilda Amerika sanoat jamiyatining
hujjatli tarixi to‗g‗risida muhim ma‘lumotlar beruvchi o‗n jildli asarini
nashr etdi. 1918-yilda Qo‗shma Shtatlar mehnat tarixining ikki jildi,
1935-yilda esa yana to‗rt juldi chop etildi. Kommons Qo‗shma
Shtatlarda tan olingan mehnat mutaxassisi, Viskonsin esa mehnat
iqtisodisodchilarini tayyorlovchi yetakchi muassasaga aylandi. Uning
eng yaxshi bitiruvchisi Selig Perlam bo‗lib, olimning Mehnat harakati
nazariyasi (1928) hali, hamon klassik asarlar qatorida turadi.
Dostları ilə paylaş: