31
kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida
boylik sifatida ko‗rilmaydi; bunday boylik, deb eng avvalo, moddiy
ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko‗rsatilishicha, bir tomondan,
«oltin davlat resurslarini hisoblash o‗lchovi hisoblanadi», ikkinchi
tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo‗lib xizmat
qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to‗g‗risida
aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o‗sha
yerda tinchlik, osoyishtalik bo‗ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni
tartibga solib turish uchun asar mualliflari davlatning don zaxiralarini
tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga
bo‗lgan to‗g‗ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya‘ni ulardan
foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo‗lgan soliqni kengay-
tirishni tavsiya etadilar. «Guyan-szi» mualliflari «davlatni boy, xalqni
mamnun» holda ko‗rishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlarni davlat
ixtiyoriga o‗tkazish, ulardan daromad olish yo‗lida foydalanish,
baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e‘tiborga molik
iqtisodiy g‗oyalar ilgari surilgan.
Guan Szi faol tarzda siyosatni o‗z zamonining institutsional tizimiga
moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari
bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy
islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va G‗arb iqtisodchilari
uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo‗yicha fikrlar olish uchun
murojaat qilmoqdalar. Xitoy an‘analariga ko‗ra Guan Szini o‗rganish
G‗arbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko‗ra muhimroq.
9
Dostları ilə paylaş: