27
o‗troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko‗rsata bordi. Ana shu
o‗troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya
kulfatlar keltirayotgan
ko‗chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini
ko‗rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati beqiyos.
«Avesto»da: «… yerga yaxshi, sog‗lom urug‗lar sepishdan ortiq savob
ish yo‗q…» deyilib, xalq xo‗jaligi sohasida dehqonchilikning muhim
ahamiyat kasb etishi ko‗rsatib beriladi. «Olam go‗zalligi dehqondan,
dehqonchilikdan, kimki yerga urug‗ qadabdiki,
u odamiylikka iymon
keltiradi, yagona shu yo‗lgina haqiqat bo‗lib, qolgani sarobdir», –deyiladi
unda. Qo‗riq va bo‗z yerlarni o‗zlashtirish, uni jamoa o‗rtasida adolatli
taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash,
uy hayvonlarini va chorva mollarini ko‗paytirishga ham alohida e‘tibor
berilgan.
«Avesto»da yer, suv, havoni bulg‗ash, ifloslantirish og‗ir gunoh
hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga,
atrof-muhitga aslo vahshiyona munosabatda bo‗lmaslikka chorlaydi.
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda
shunday deyiladi: «Yomon
ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli
ishlovchilarga va na sog‗lom baquvvat bolalarga ega bo‗ladi… Yomon
ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Agar non mo‗l-ko‗l
bo‗lsa, muqaddas so‗zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu yerda biz
sog‗lom avlod to‗g‗risida, iqtisodiy va madaniy, ma‘naviy
yuksalish
o‗rtasida o‗zaro bog‗liqlik mavjudligi to‗g‗risida fikr yuritilganligini
ko‗ramiz. O‗sha davrda aytilgan bunday fikrlar ajdodlarimiz Qadimgi
Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishganligidan dalolat beradi.
Bu noyob kitobda patriarxal urug‗ jamoasi uning tugatilishi
davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish
haqida qimmatli
ma‘lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX–VII asrlar
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma‘naviy hayot haqida g‗oyat
muhim ma‘lumotlar beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy
boyligidir.
Dostları ilə paylaş: