140
Kapitalning bir qismining chetga chiqib ketishi foydani va foiz
Me‘yorini oshirib, jamg‗armaga bo‗lgan yangi intilishni keltirib
chiqaradi. U shuningdek, foyda Me‘yorining pasayish moyilligi davlat
xarajatlarini oshirishga qarshi bo‗lgan dalillarni kuchsizlantiradi, deb
hisoblaydi.
Ko‗rilayotgan kapital harakatning oxirgi natijasi – bu iqtisodiy
yuksalish uchun kurash to‗xtagan paytdagi turg‗unlik holati hisoblanadi.
Ammo J.S.Mill agar turg‗unlik holati ishlab chiqarishning yuqori
darajasida yuzaga kelgan bo‗lsa, unga ijobiy munosabatda bo‗lgan.
«Faqat dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko‗paytirish
eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda
taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylanadi» deya
ta‘kidlaydi. Uning fikriga ko‗ra hech kim kambag‗al bo‗lmagan, hech
kim boylikka intilmagan va birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan
harakati tufayli boshqalarning orqaga surib tashlanishi xavfi bo‗lmagan
vaziyatdagi jamiyat odamlar uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat
hisoblanadi. Bunday turg‗unlik davrida madaniyatning barcha
shakllarini rivojlantirish, ma‘naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun
imkoniyatlar hech cheklanmagan bo‗ladi.
Odam o‗zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini
adolatsizlik, deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi
chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin
uning ko‗pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e‘tirozga javob
shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur
bo‗lgan sharoitlarning biri hisoblanadi, xolos. Ishni materiallarsiz,
asbob-uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni
ta‘minlash uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zaxiralarisiz
bajarib bo‗lmaydi. Bu narsalarning hammasi o‗tgan mehnat mahsuli
hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo‗lganda, ularda
mahsulotni boshqa birovlar bilan bo‗lishishga zarurat bo‗lmas edi.
Ammo ishchilarda bu narsalar bo‗lmaganligi uchun ular ekvivalentning
bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini–muallif) ushbu narsalarga
egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk
doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli
hisoblanmaydi).
Dostları ilə paylaş: