139
zararga e‘tibor berilmaydi. Demak, savdo inqirozi davrida baholarning
umumiy darajasi shu qadar pasayadiki, oldingi inqirozgacha bo‗lgan
chayqovchilik davri mobaynida osha boshlagan darajadan ham past
bo‗ladi». O‗z mohiyatiga ko‗ra bu iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi
marta iqtisodiyotning pasayish dinamikasi pullik jihatlarining ifoda
etilishidir.
Bu yerda J.S.Mill S.Sismondi taklif qilgan iqtisodiy pasayish
(inqiroz) tushunchasiga qo‗shilmadi. Uning fikricha, inqiroz umumiy
ortiqcha ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi, deyish katta xatodir. «Bu
faqat ortiqcha chayqovchilik xaridining oqibatidir… Uning bevosita
sababi kreditning qisqarishi hisoblanadi, bartaraf qilish vositasi esa –
taklifni kamaytirish emas, balki ishonchni tiklashdir». Bu ma‘noda
J.S.Mill J.M.Keynsning o‗tmishdoshidir.
J.S.Millning tasdiqlashicha, konvertatsiyalashgan qog‗oz valyuta-
lar sharoitida oltinning chetga chiqib ketishi yuzaga kelishi sababli
baholar uzoq vaqt oshishi mumkin emas. Biroq qog‗oz pullar
konvertatsiyalashmaganda (ularni oltinga almashtirish mexanizmi yo‗q)
baholarning oshishi chayqovchilik shov-shuv (bum)ining kelib
chiqishiga olib kelishi va inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. 1825-
yildagi inqiroz bunga misol bo‗la oladi. Ammo keyingi 1847-yildagi
inqiroz esa foiz stavkasining keskin o‗sishi natijasi hisoblanadi. Savdo
inqirozlari davrida «pul talabidan ko‗ra tovarlarning ortiqchaligi yuzaga
keladi, ya‘ni pul taklifining yetishmasligi kelib chiqadi».
Dostları ilə paylaş: