134
sabab bo‗ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir vaqtning o‗zida klassik
iqtisodiyotning
yetuklik
davri
hamda
iqtisodiy
g‗oyalarning
rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki
yildan kamroq vaqtda yozilgan ―Siyosiy iqtisod tamoyillari‖ asari
birinchi marta 1848-yilda nashr qilindi. Kitobni yozish uchun Mill
tomonidan qisqa vaqt sarflangan bo‗lsada, kitobda uning iqtisodiy
qarashlari yaxshi yoritilishi bilan bir qatorda ushbu fanda hal qilinishi
kerak bo‗lgan bir qancha muammolar mavjudligi ta‘kidlab o‗tilgan. Mill
Rikardo ta‘limotini yanada aniqlashtirish hamda bu ta‘limotlarga 19-
asrning ikkinchi chorigida paydo bo‗lgan yangi ta‘limotlarni qo‗shishni
o‗zining asosiy vazifasi, deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil
qilishni rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini
rivojlantirishga hissa qo‗shgan buyuk tafakkur egasi bo‗lgan.
Jon Styuart Mill o‗zining ―
Siyosiy iqtisod tamoyillari
‖ (1848-y)
asarida (D.Rikardo tomonidan 1817-yilda ―
Siyosiy iqtisodning
boshlanishi va soliqqa tortish
‖ asari chop etilganidan so‗ng boshlangan
kuchli tanqidlardan) D. Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlaridagi muhim
g‗oyalarni qutqarishga harakat qilgan. Millning asarlari uning
g‗oyalarining eng yuqori nuqtaga yetganligi bilan ajralib turadi, chunki
uning asarlarida klassik iqtisodiy ta‘limotning qaytadan ko‗rib chiqilishi
hamda Rikardo ta‘limotlarini saqlash, uning asosiy kamchiliklarini
bartaraf etilishini ko‗rishimiz mumkin. Millning iqtisodiyotga qo‗shgan
hissasini aytishdan oldin Rikardoning ko‗plab tanqidlaridan bir
nechtasiga Millning bergan javoblarini tahlil qilish zarur. Ular uchta
asosiy manbaga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: