O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 J.S. Millning iqtisodiy qarashlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
7.2. J.S. Millning iqtisodiy qarashlari 
J.S. Mill (1806–1873) nafaqat iqtisodiyotga, balki iqtisodiyot bilan 
bir qatorda siyosiy fanlarga va falsafa fanlari rivojlanishiga katta hissa 
qo‗shgan tug‗ma qobiliyat egasi bo‗lgan. Uning ulkan zakovat egasi 
bo‗lishiga sabab yoshligida olgan kuchli ta‘limi edi. Chunki uning otasi 
Jems Mill o‗g‗liga ta‘lim berishni yoshligidan boshlagan. U 3 yoshligida 
grek tilini o‗rgandi va 8 yoshidan boshlab lotin tilini o‗rgana boshladi. 
Shu bilan birga 13 yoshida matematika, kimyo, fizika, mantiq ilmini 
o‗rganib bo‗lgandan so‗ng siyosiy iqtisodni o‗rganishni boshladi. Uning 
rasmiy ta‘lim olishi 15 yoshigacha tugallandi va keyingi 4 yilni 
Benhamning 5 tomli asarini tahlil qilishga bag‗ishladi. Bu noodatiy 
kuchli ta‘limning psixologik ta‘siri oqibatida u 20 yoshida ruhiy 
tushkinlikka tushib qoladi, ammo ruhiy tushkunlik davridan so‗ng Mill 
Jon Styuart Mill 
(1806-1873



133 
o‗zini qo‗lga oldi va o‗z davri hamda barcha davrning yetuk namo-
yondasiga aylandi.
J.S.Mill o‗zining birinchi siyosiy iqtisod bo‗yicha «tajriba»sini 23 
yoshida, ya‘ni 1829-yilda nashr etdi. 1843-yili unga shuhrat keltirgan 
«Mantiq tizimi» 
nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari 
«Siyosiy iqtisod tamoyillari…»
bo‗lib, u 1848-yili chop etilgan. Bu 
asar beshta kitobdan iborat: (1) ―Ishlab chiqarish‖, (2) ―Taqsimot‖, (3) 
―Ayirboshlash‖, (4) ―Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va 
taqsimotga ta‘siri‖, (5) ―Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta‘siri 
to‗g‗risida‖. Bu asarning so‗zboshida yozilishicha, J.S.Mill iqtisodiy 
bilimlar darajasining yuksalib borishini va ilg‗or zamonaviy g‗oyalarni 
hisobga 
olgan 
holda 
A.Smitning 
―Odamlar boyligi...‖ va 
D.Rikardoning ―Siyosiy iqtisodning boshlanishi‖ning yangilangan 
variantini yaratishni o‗ziga maqsad qilib qo‗ygan. Asarning ushbu 
yuqoridagi ko‗rinishda tuzilishi esa muallifning fikricha, Smit-Rikardo 
iqtisodiy nazariyalarini izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. 
J.S.Mill nafaqat iqtisodiy bilimlarni tizimlashtirdi va ommalashtirdi, 
balki uning tomonidan bir qator qoidalar rivojlantirildi va ularga 
aniqlik kiritildi, xulosa va yakuniy dalillar bilan yana ham ishonarli 
qilib asoslab berildi. 
J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab 
chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida 
ta‘riflaydi. Shu bilan birga uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga 
ega bo‗lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi. 
Garchi J.S. Mill yuksak darajada iqtisodiy nazariyaning eksperti 
(mutaxassisi) bo‗lishiga qaramay, u o‗zining aqliy qobiliyatini 
iqtisodiyotchilarni qiziqtirgan odatdagi muammolaridan ko‗ra ancha 
kengroq ijtimoiy masalalarga yo‗naltirdi. Jamiyatda insonlar rolini 
yaxshilashga harakat qilganligi sababli Millni ijtimoiy faylasuf, deb ham 
atashadi. Mill otasi va Rikardoning pessimizm (kelajakka ishonchsizlik) 
fikrlari o‗rniga jamiyatni rivojlantirish borasidagi optimizm (kelajakka 
ishonch)ni ilgari surdi. Uning ta‘lim doirasi keng bo‗lishiga qaramay 
Millning fikrlariga asosan klassik iqtisodiyotdagi otasi Mill, David 
Rikardo, Adam Smit va Benxamning ta‘limotlari tasir ko‗rsatgan. Mill 
iqtisodiyotga inson ijtimoiy faoliyatining bir ko‗rinishi sifatida qaraydi. 
Mill klassik liberal hamda ijtimoiy islohotchi edi. 
Jon Styuart Millning iqtisodiy ta‘limotlar rivojidagi o‗rnini 
aniqlash qiyin. U klassik davrning oxirida ijod qildi, ammo uning keng 
doirada fikrlay olishi klassik iqtisodchilar ta‘limotlarini o‗zgartirishga 


134 
sabab bo‗ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir vaqtning o‗zida klassik 
iqtisodiyotning 
yetuklik 
davri 
hamda 
iqtisodiy 
g‗oyalarning 
rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki 
yildan kamroq vaqtda yozilgan ―Siyosiy iqtisod tamoyillari‖ asari 
birinchi marta 1848-yilda nashr qilindi. Kitobni yozish uchun Mill 
tomonidan qisqa vaqt sarflangan bo‗lsada, kitobda uning iqtisodiy 
qarashlari yaxshi yoritilishi bilan bir qatorda ushbu fanda hal qilinishi 
kerak bo‗lgan bir qancha muammolar mavjudligi ta‘kidlab o‗tilgan. Mill 
Rikardo ta‘limotini yanada aniqlashtirish hamda bu ta‘limotlarga 19-
asrning ikkinchi chorigida paydo bo‗lgan yangi ta‘limotlarni qo‗shishni 
o‗zining asosiy vazifasi, deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil 
qilishni rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini 
rivojlantirishga hissa qo‗shgan buyuk tafakkur egasi bo‗lgan.
Jon Styuart Mill o‗zining ―
Siyosiy iqtisod tamoyillari
‖ (1848-y) 
asarida (D.Rikardo tomonidan 1817-yilda ―
Siyosiy iqtisodning 
boshlanishi va soliqqa tortish
‖ asari chop etilganidan so‗ng boshlangan 
kuchli tanqidlardan) D. Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlaridagi muhim 
g‗oyalarni qutqarishga harakat qilgan. Millning asarlari uning 
g‗oyalarining eng yuqori nuqtaga yetganligi bilan ajralib turadi, chunki 
uning asarlarida klassik iqtisodiy ta‘limotning qaytadan ko‗rib chiqilishi 
hamda Rikardo ta‘limotlarini saqlash, uning asosiy kamchiliklarini 
bartaraf etilishini ko‗rishimiz mumkin. Millning iqtisodiyotga qo‗shgan 
hissasini aytishdan oldin Rikardoning ko‗plab tanqidlaridan bir 
nechtasiga Millning bergan javoblarini tahlil qilish zarur. Ular uchta 
asosiy manbaga asoslangan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin