O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Unumli mehnat nazariyasi.
J.S.Millning bu nazariyasi o‗z 
mohiyatiga ko‗ra A.Smit nazariyasi bilan hamohang. J.S.Millning 
ta‘kidlashicha, 
faqat unumli mehnat 
(natijasi ko‗rinib turadigan mehnat) 
“boylik”, ya‟ni “moddiy ne‟matlar”ni yaratadi. 
Uning nazariyasidagi 
yangilik shundan iboratki, mulkni muhofaza qiluvchi mehnatni va 
jamg‗armalarni ko‗paytirishga imkon beruvchi malakaga ega bo‗lish 
uchun sarflanadigan mehnatni ham unumli, deb hisoblaydi. J.S.Millning 
tasdiqlashicha, agar iste‘mol ―jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini 
qo‗llab-quvvatlasa va ko‗paytirsa‖, unumli mehnatdan keladigan 
daromadlar unumli iste‘mol hisoblanadi. Uningcha, 
unumsiz mehnatdan 
keladigan
har qanday daromad bu – faqat unumli mehnat bilan 
yaratilgan daromadning oddiy qayta taqsimlanishidir. 
Agar u ishchining 
va uning oilasining yashashi uchun zarur bo‗lgan vositalar minimumini 
ta‘minlasa, hatto ish haqi iste‘moli unumli hisoblanadi, uning ―zeb-
ziynat‖ keltiradigan qismi esa unumsiz hisoblanadi.
 
J.S.Mill 
qiymat, 
almashuv 
qiymat, 
iste‘mol 
qiymat 
tushunchalarini ko‗rib chiqadi. Uningcha, qiymat ishlab chiqarish 
sohasiga emas, balki muomala sohasiga xos hodisa hisoblanadi va bir 
tovarni boshqa tovarga, shu jumladan, pulga ayirboshlash uchun 
xarakterli bo‗lgan o‗rtadagi nisbat hisoblanadi; bunday nisbat bozorda 
25
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 171-172 b.


136 
o‗rnatiladi. Qiymat (qimmat) nisbiy tushuncha bo‗lganligi sababli, u 
barcha tovarlar bo‗yicha birdaniga oshishi mumkin emas. Almashuv 
qiymat (tovar bahosi) talab va taklif muvozanatlashgan nuqtada 
o‗rnatiladi, ya‘ni talab va taklifga qarab o‗rnatiladi, ishlab chiqarish 
xarajatlari esa taklifni aniqlab beruvchi omil sifatida tavsiflanadi. Tovar 
qiymatning puldagi ifodasi, uning bahosi hisoblanadi. Baho bevosita 
raqobat asosida o‗rnatiladi. Raqobat esa xaridor arzon olishga, sotuvchi 
esa qimmat sotishga intilishi sababli kelib chiqadi. Erkin raqobatda 
bozor bahosi talab va taklif darajasiga qarab o‗rnatiladi. Aksincha, 
«monopolist o‗z ixtiyoricha xohlagan yuqori bahoni o‗rnatishi mumkin, 
faqat u xaridor sotib olishi yoki xohlashi mumkin bo‗lgan bahodan 
yuqori bo‗lmasa bas; ammo bunga u faqat taklifni kamaytirish yo‗li 
bilan erishishi mumkin». 
Uzoq davr mobaynida tovar bahosi uning ishlab chiqarish 
xarajatlaridan past bo‗lishi mumkin emas, negaki, hech kim o‗z zarariga 
ishlashni xohlamaydi. Shuning uchun talab va taklif o‗rtasidagi barqaror 
muvozanat «qachonki buyumlar bir-biriga faqat ularning ishlab 
chiqarish xarajatlariga mos ravishda ayirboshlangandagina o‗rnatiladi». 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin