132
Ammo qancha ajablanarli bo‗lmasin XX asrning oxiriga kelib
industrial rivojlanish ijtimoiy pessimizmning kelajagi yo‗qligiga
barchada ishonch tuyg‗usini uyg‗otgan bir paytda T. Maltusning ko‗plab
g‗oyalari yana faollashdi. Real hayotdan olingan
ba‘zi bir faktlarni ko‗rib chiqamiz.
Qayerda ishlab chiqarish, ayniqsa, qishloq
xo‗jaligi ishlab chiqarishi yomon tashkil etilgan
bo‗lsa, qayerda hosildorlik past, yig‗ib olingani esa
omborlarning yetishmasligidan chiriyotgan bo‗lsa,
o‗sha yerda T.Maltusning qayg‗uli xulosalari o‗z
kuchini saqlab qolgan. Buni bugungi kunda ham
ko‗pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar xalqlari his
etib turibdi. Shu narsani hisobga olish kerakki, 83 %
jahon iste‘moli 20 % aholiga to‗g‗ri keladi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar farovonligi darajasidagi
farq kuchayib bormoqda. XX asrning 70-yillari boshida ocharchilikdan
qiynalganlar 400 mln. kishini tashkil etgan bo‗lsa, 80- yillari – 500 mln.,
90-yillari esa 700 mln. kishidan ko‗pni tashkil etdi. BMT ning
ma‘lumoti bo‗yicha hozir dunyoda 1 mlrd. 200 ming kishi kambag‗al.
Kam rivojlangan mamlakatlar turmush darajasini «jahon andozasi»ga
«ko‗tarish» uchun resurslardan foydalanishni 40 baravar ko‗paytirishga
to‗g‗ri keladi.
Dostları ilə paylaş: