143
Fransiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan
o‗zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi
nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo‗yicha o‗z asarlari ustida
ishlashni davom ettirdi, ko‗plab leksiyalar o‗qidi va ularda iqtisodiy
nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish mahoratini
namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy
fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va
statistikaning ajralib chiqishini ma‘qulladi.
Dostları ilə paylaş: