O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi.
 
Iqtisodiy taraqqiyot J.S.Mill ta‘limoti 
bo‗yicha, fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan 
bog‗liq. Ishlab chiqarish va jamg‗arish ko‗payadi, soliqlar ancha 
erkinlashadi, ko‗pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya 
takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning 
o‗sishiga, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning 
pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xomashyo qiymatidan tashqari). 
J.S.Millda kapital evolyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o‗xshab 
ketadi. Foyda Me‘yori pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga 
intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jamg‗arishga va jamg‗arilgan 
vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz Me‘yorining 
minimum darajasiga bo‗lgan intilishni chetga kapital chiqarish va 
eksportni ko‗paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda 
Me‘yorini pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga chiqib 
ketadi; bu yerda kapital yo‗qolmaydi, balki u yangi bozorlarni tashkil 
etish va chetdan arzon tovarlarni olib kelish uchun ishlatiladi. 


140 
Kapitalning bir qismining chetga chiqib ketishi foydani va foiz 
Me‘yorini oshirib, jamg‗armaga bo‗lgan yangi intilishni keltirib 
chiqaradi. U shuningdek, foyda Me‘yorining pasayish moyilligi davlat 
xarajatlarini oshirishga qarshi bo‗lgan dalillarni kuchsizlantiradi, deb 
hisoblaydi. 
Ko‗rilayotgan kapital harakatning oxirgi natijasi – bu iqtisodiy 
yuksalish uchun kurash to‗xtagan paytdagi turg‗unlik holati hisoblanadi. 
Ammo J.S.Mill agar turg‗unlik holati ishlab chiqarishning yuqori 
darajasida yuzaga kelgan bo‗lsa, unga ijobiy munosabatda bo‗lgan. 
«Faqat dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko‗paytirish 
eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda 
taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylanadi» deya 
ta‘kidlaydi. Uning fikriga ko‗ra hech kim kambag‗al bo‗lmagan, hech 
kim boylikka intilmagan va birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan 
harakati tufayli boshqalarning orqaga surib tashlanishi xavfi bo‗lmagan 
vaziyatdagi jamiyat odamlar uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat 
hisoblanadi. Bunday turg‗unlik davrida madaniyatning barcha 
shakllarini rivojlantirish, ma‘naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun 
imkoniyatlar hech cheklanmagan bo‗ladi. 
Odam o‗zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini 
adolatsizlik, deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi 
chiqdi. Masalan, ishchilar fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin 
uning ko‗pchilik qismi boshqa birovga tegadi. «Bu e‘tirozga javob 
shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish uchun zarur 
bo‗lgan sharoitlarning biri hisoblanadi, xolos. Ishni materiallarsiz, 
asbob-uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni 
ta‘minlash uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zaxiralarisiz 
bajarib bo‗lmaydi. Bu narsalarning hammasi o‗tgan mehnat mahsuli 
hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo‗lganda, ularda 
mahsulotni boshqa birovlar bilan bo‗lishishga zarurat bo‗lmas edi. 
Ammo ishchilarda bu narsalar bo‗lmaganligi uchun ular ekvivalentning 
bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini–muallif) ushbu narsalarga 
egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk 
doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli 
hisoblanmaydi). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin