O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

«Sey qonuni».
J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin 
shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin 
raqobati va proteksionizmning har qanday ko‗rinishiga yo‗l qo‗ymaslik 
tamoyillarini qo‗llab-quvvatladi va ularni ko‗klarga ko‗tardi. Agar bu 
tamoyillar qo‗llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko‗ra ortiqcha ishlab 
chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to‗la iste‘mol qilmaslik ham 
bo‗lmaydi, ya‘ni iqtisodiy inqirozlarning obyektiv zarurligi kelib 
chiqmaydi. U bu g‗oyani rivojlantirib, o‗zining «bozor qonuni»ni 
yaratdi. U ―Sey qonuni‖ deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko‗ra 
har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu 
daromadlarga qiymati ularga teng bo„lgan tovarlar sotib olinadi, 
yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo„ladi. 
Boshqacha qilib 
aytganda, tovarlar taklifi o‗zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya‘ni o‗z 
tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos 
ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi).
Agarda hamma ishlab chiqarilgan tovarlarni bozorga yetkazish 
uchun yetarli sotuv kuchi vujudga keltirilsa, bozorda bu sotuv kuchidan 
foydalanilishini nima kafolatlaydi? Sey qonunida quyidagi oddiy javob 
keltirilgan: taklif o‗z talabini o‗zi yaratadi. Bunda muammo bo‗lmasligi 
mumkin, lekin taklif potensial talab yaratadi, biroq potensial talab 
bozorda haqiqiy talab sifatida qo‗llanilish yoki qo‗llanilmasligini hal 
qilish kerak. Rikardo, Jeyms Mill va Sey bunga barcha potensial sotuv 
qobiliyati iste‘molchi yoki tovar ishlab chqaruvchi uchun talab sifatida 
bozorga qaytarilgan, degan oddiy yondashuv bilan murojaat qildilar. 
Mantiqan olganda ular Smitning investitsiya kiritish qarorini saqlab 
qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira to‗plash imkoniyatini rad 
etdilar, ya‘ni hech kim oltinni qutida qulflab saqlolmaydi. Ularning 
tizimida pul faqatgina ayriboshlash vositasi bo‗lgan, shunday qilib ular 
depressiya yoki turg‗unlikning pulga oid sabablarining ehtimolini rad 
etganlar. Klassiklar izohiga ko‗ra Sey qonunining kamchiliklari bor, 
Maltus hech qachon bu kamchiliklarni aniq namoyish etmagan. U qabul 


144 
qilingan taxminlar o‗z isbotiga muhtoj bo‗lishi narariyasini rad etishga 
uringan. U bu nazariya noto‗g‗ri bo‗lgan, deb gumon qilgan, lekin u 
hech qachon bunday tanqid yoki daromadlar miqdori va iqtisodiy o‗sish 
darajasining hal qiluvchi omillarining muqobil nazariyasini aniq 
ifodalab berolmagan.
26
Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi, 
ortiqcha ishlab chiqarish bo‗lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat 
ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga 
vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko‗p ishlab chiqarishdan 
qo‗rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish 
xavfi tug‗ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklar 
makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va keyinchalik 
J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning tasdiqlashicha, 
odamlar daromadlarining barchasini iste‘molga sarflamaydilar, balki 
ularning bir qismini jamg‗arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq 
ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. 
Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto‗g‗ri ekanligini 
keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste‘molga sarflanishi 
kerak bo‗lgan daromadning bir qismi jamg‗armaga ajratiladi. Demak, 
yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o‗rtasidagi 
muvozanat buziladi. 
Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, 
iqtisodiy liberalizmning barcha prinsiplariga jamiyat tomonidan rioya 
qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o‗ziga mos ravishda iste‘molni (talabni) 
keltirib chiqaradi, ya‘ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning 
«tabiiy tartib» (pulning passiv roliga asoslangan mehnat natijalarini 
ayirboshlash) sharoitida, albatta, shunday daromadlarni keltirib 
chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin amalga oshiriladi. 
Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasining barcha tarafdorlari tomonidan 
«Sey qonuni» shu ko‗rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin 
tashkil topishi xo‗jalik konyunkturasidagi o‗zgarishga darhol moslasha 
26
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 159-162 b. 


145 
oladi, iqtisodiyotning o‗zini o‗zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb 
hisoblagan. 
Haqiqatan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan 
barterli iqtisodiyot amal qiladi, desak unda taklif miqdori talab 
miqdoriga teng bo‗ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo‗lmaydi. Bu Sey 
qonunining mohiyatini tashkil etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin