O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari.
 
Pulning mohiyatini 
J.S.Mill pulning miqdoriy nazariyasidan kelib chiqqan holda tahlil 
qiladi. U bu bilan o‗zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini 
ko‗rsatadi. Bu nazariyaga muvofiq, pul miqdorining ko‗payishi yoki 
kamayishi tovarlar bahosining nisbiy o‗zgarishiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Ammo agar uning miqdorining ko‗payishi oldi-sotdi miqdorining 
ko‗payishiga (yoki yalpi daromadga) muvofiq kelsa, faqat birgina pul 
miqdorining ko‗payishi bahoning oshishiga olib kelmaydi. Uningcha
boshqa barcha sharoitlar bir xil bo‗lganda, 
“pulning qiymati pul 
miqdoriga teskari mutanosiblikda o„zgaradi: pul miqdorining har 
qanaqasiga ko„payishi uning qiymatini pasaytiradi, pulning har 
qanaqasiga kamayishi esa, uning qiymatini bir xil mutanosiblikda 
oshiradi... Bu – pulning maxsus xususiyati”. 
Qachonki pul mexanizmi 
buzilsa, faqat shundagina iqtisodiyotda pulning ahamiyati sezila 
boshlaydi. 
So‗ngra J.S.Mill kreditning tabiati va uning iqtisodiyotdagi 
o‗rnini tadqiq qilishga o‗tadi. Bu yerda J.S.Mill o‗zini A.Smit va 
D.Rikardo g‗oyalarini ommalashtiruvchi oddiy iste‘dod egasi sifatida 
emas, balki chuqur o‗ziga xos tadqiqotchi ekanligini namoyon etadi: 
«Kredit mamlakatning ishlab chiqarish resurslarini ko‗paytirmaydi, 


138 
lekin kredit tufayli ular ishlab chiqarish faoliyatida ancha to‗liq 
ishlatiladi». Kredit manbayi ayni chog‗da unumli iste‘molda bo‗lmagan 
pul shaklidagi kapital hisoblanadi. Foiz to‗lash evaziga kredit beruvchi 
asosiy instrument sifatida depozitli banklar tashkil topadi. Bunda bank 
krediti bahoga taklifning o‗sishi qanday ta‘sir ko‗rsatsa, xuddi shunday 
ta‘sir ko‗rsatadi. 
Kredit to‗lovga qobil talabni kengaytirgach va subyektlarning 
istaklariga ta‘sir ko‗rsatgach, savdo konyunkturasini keskin o‗zgartirib 
yuboradi. Muayyan tovarning bahosi oshishi kutilsa, savdogarlar bundan 
foyda olishga bo‗lgan o‗z moyilliklarini namoyish etadilar. Agar bunda 
bahoning oshishi yuqori va uzoqqa cho‗ziladigan bo‗lsa, unda u boshqa 
chayqovchilarni 
ham 
o‗ziga tortadi. Ular tovarlar xaridini 
kuchaytiradilar, bu esa beriladigan ssuda miqdorini ko‗paytiradi, bahoni 
oshiradi. Bir oz vaqt o‗tgandan keyin bahoning o‗sishi to‗xtaydi va 
tovarlarni o‗z qo‗llarida ushlab turganlar foyda olish vaqti kelganini his 
qiladilar va ularni sotishga kirishadilar. Baho pasaya boshlaydi, tovar 
egalari katta zarar ko‗rmaslik uchun bozorga shoshiladilar, bunday 
vaziyatdagi bozorda xaridorlar unchalik ko‗p bo‗lmaganligi sababli, 
baho oldin oshganiga qaraganda ancha tez pasayib boradi. 
Shunga o‗xshagan bir oz tebranishlar kredit bo‗lmagan paytda 
ham bo‗lib turadi. Ammo pul miqdori o‗zgarmagan vaqtda bir xil 
tovarlarga bo‗lgan ajiotaj talab boshqa tovarlarning bahosini pasaytiradi. 
Lekin kreditdan foydalanilganda iqtisodiy subyektlar qo‗shimcha pul 
manbayiga ega bo‗ladilar. Bunday vaziyatda chayqovchilik barcha 
tovarlarni birdaniga qamrab olishi mumkin. Natijada savdo inqirozi 
kelib chiqadi. 
Savdo inqirozi uchun «chayqovchilikning jonlanishi ta‘sirida 
oldin oshgan baholarning tez pasayib borishi tipik hol hisoblanadi. 
Baholar qaysi nuqtadan osha boshlagan bo‗lsa, shu nuqtagacha pasayishi 
mumkindek tuyuladi yoki iste‘mol va taklif o‗zini oqlaydigan 
darajagacha pasayadigandek bilinadi. Ammo ularning pasayishi ancha 
chuqur bo‗ladi, negaki, har bir kishi zarar ko‗rayotgan, ko‗pchilik esa 
bankrotga uchragan bir davrda, hatto ishonchli va atoqli firmalar o‗zlari 
o‗rganib qolgan kreditni zo‗rg‗a olishlari mumkin. Bunday vaziyat 
shuning uchun sodir bo‗ladiki, hech kimda qarzga bergan mablag‗ini o‗z 
vaqtida qaytarib olishga ishonch bo‗lmaydi. Favqulodda sharoitda bunga 
vahimachilik kelib qo‗shiladi. Pul qisqa muddatga deyarli har qanday 
foiz to‗lash sharti bilan qarzga olinadi, tovarlarni sotishda esa, darhol 
naqd pulga xarid qiluvchilar shartlaridan ko‗riladigan har qanday 


139 
zararga e‘tibor berilmaydi. Demak, savdo inqirozi davrida baholarning 
umumiy darajasi shu qadar pasayadiki, oldingi inqirozgacha bo‗lgan 
chayqovchilik davri mobaynida osha boshlagan darajadan ham past 
bo‗ladi». O‗z mohiyatiga ko‗ra bu iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi 
marta iqtisodiyotning pasayish dinamikasi pullik jihatlarining ifoda 
etilishidir.
Bu yerda J.S.Mill S.Sismondi taklif qilgan iqtisodiy pasayish 
(inqiroz) tushunchasiga qo‗shilmadi. Uning fikricha, inqiroz umumiy 
ortiqcha ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi, deyish katta xatodir. «Bu 
faqat ortiqcha chayqovchilik xaridining oqibatidir… Uning bevosita 
sababi kreditning qisqarishi hisoblanadi, bartaraf qilish vositasi esa – 
taklifni kamaytirish emas, balki ishonchni tiklashdir». Bu ma‘noda 
J.S.Mill J.M.Keynsning o‗tmishdoshidir. 
J.S.Millning tasdiqlashicha, konvertatsiyalashgan qog‗oz valyuta-
lar sharoitida oltinning chetga chiqib ketishi yuzaga kelishi sababli 
baholar uzoq vaqt oshishi mumkin emas. Biroq qog‗oz pullar 
konvertatsiyalashmaganda (ularni oltinga almashtirish mexanizmi yo‗q) 
baholarning oshishi chayqovchilik shov-shuv (bum)ining kelib 
chiqishiga olib kelishi va inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. 1825-
yildagi inqiroz bunga misol bo‗la oladi. Ammo keyingi 1847-yildagi 
inqiroz esa foiz stavkasining keskin o‗sishi natijasi hisoblanadi. Savdo 
inqirozlari davrida «pul talabidan ko‗ra tovarlarning ortiqchaligi yuzaga 
keladi, ya‘ni pul taklifining yetishmasligi kelib chiqadi». 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin