Rikardo modeli.
Rikardoning asarlari iqtisodiyot fanining
predmeti va metodini aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini
amaliy ishlab chiqishda muhim rol o‗ynadi. Uning fikricha, jamiyatning
sinfiy tuzilishi uning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi o‗rinni egallaydi.
Siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi «y
er mahsuloti
» (ya‘ni milliy
daromad va milliy boylik)ni uch asosiy sinf o‗rtasidagi taqsimoti
qonunlarini aniqlashdan iborat. Bu taqsimot ishlab chiqarish sharoiti va
manfaatlaridan kelib chiqishi kerak edi va bu Rikardoning yutug‗i edi,
ammo uning xatosi shuki, u taqsimot usulini moddiy ne'matlarni ishlab
chiqarish usuli bilan bog‗liq qilib qo‗ygan. U mantiqiy abstraksiya
metodidan foydalandi, ijtimoiy fanlarda aniq fanlarning usuli, ayniqsa,
ilmiy deduksiyani keng qo‗lladi. U o‗z konsepsiyasi asosiga qiymat
qonunini, ya‘ni tovarlarning qiymatini sarflangan mehnat bilan
aniqlashni qo‗ydi. Faqat bir omil - «
Mehnat
» qiymatining asosida
yotadi, deb yozadi olim. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar shu qonunga
qanchalik mos kelish-kelmasligini o‗rgandi. Rikardo kapitalizmni
jamiyatni tashkil etishning yakkayu-yagona tabiiy va abadiy shakli, deb
o‗ylagan.
Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi
D.Rikardo, eng avvalo, qiymat nazariyasiga alohida e‘tibor
qaratdi. Bu kategoriyani talqin qilishdagi noaniqlikni tugatish,
D.Rikardo bo‗yicha siyosiy iqtisod uchun muhim ahamiyatga ega. Bu
muammoni ko‗rib chiqishda u A.Smit xulosalariga asoslandi va ularni
tanqidiy rivojlantirishga harakat qildi. D.Rikardo A.Smitning mazkur
kategoriyaga bo‗lgan ikki xil qarashini inkor etadi va qiymat tovar ishlab
125
chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlanishi kerakligini yozadi. U
qiymat birlamchi, shu bois daromadlar bilan aniqlanishi mumkin emas,
deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o‗zini
qiymatning mehnat nazariyasi
tarafdori
ekanligini namoyish etadi.
Qiymatni bunday sarfli tamoyil asosida tadqiq qilish klassik
iqtisodiy maktabining boshqa vakillariga ham xos. Lekin D.Rikardoda
e‘tiborga molik jihat shundaki, u ayrim hollarda tovar qiymati nafaqat
unga sarflangan jonli mehnat bilan, balki kapital va xomashyoni ishlab
chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan ham aniqlanishini
qayd qilib o‗tadi. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati
esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog‗liq bo‗ladi.
Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan
qiymatning mehnat nazariyasi sarfli tamoyillarga asoslangan. Uning bu
nazariyasini birinchi bo‗lib tanqid qilgan o‗zining do‗sti T.Maltus
hisoblanadi. U birinchidan, savol qo‗yadi: agar qiymatning mehnat
nazariyasini to‗g‗ri, deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to‗lash qanday
bo‗ladi: qiymat bo‗yichami yoki qiymatdan past baho bo‗yichami? Agar
baho qiymatdan past bo‗lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash tamoyili
buziladi (foydaliligi har xil, lekin bir xil qiymatga ega bo‗lgan tovarlar
ayirboshlanadi) – bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning
asosiy tamoyili. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi
real amaliyot bilan mos tushmasligini ko‗rsatib beradi: agar qiymatning
yagona manbayi haqiqatdan ham mehnat bo‗lsa, unda mehnat ko‗p
sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar kapital ko‗p sarflanadigan
tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko‗proq foyda olishlari kerak.
Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda Me‘yori deyarli bir xil.
Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan
emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham
aniqlanadi, deb xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o‗limidan sal avval,
o‗zining qiymat faqat mehnat sarflari bilan o‗lchanadi, deb tushun-
tirishga qilgan harakati noto‗g‗ri ekanligini tan olgan.
Renta nazariyasi.
D.Rikardoning renta to‗g‗risidagi konsepsiyasi
bugungi kunda ham o‗z faolligi bilan ajralib turadi. Ye
rdan
126
foydalanganlik uchun hamisha renta to„lanadi,
bunda uning manbayi,
D.Rikardoning tasdiqlashicha, yerga sarflangan mehnat hisoblanadi.
Yer resurslari cheklanganligi sababli, xo‗jalik amaliyotida
unumdorligi va joylashishi bo‗yicha har xil bo‗lgan yer uchastkalaridan
foydalaniladi. Buning natijasida qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining
qiymati D.Rikardo bo‗yicha, eng yomon uchastkada ishlatiladigan
mehnat sarflari bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |