O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 D.Rikardoning iqtisodiy ta‟limoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

6.2. D.Rikardoning iqtisodiy ta‟limoti
 
 
David Rikardo (1772–1823) 
klassik iqtisod maktabining atoqli
vakillaridan biri hisoblanadi. U Londonda badavlat birja makleri 
yahudiy Avraam Rikardo oilasida tug‗ilgan. Oiladagi o‗n yetti 
farzandning uchinchisi bo‗lgan David yoshligida muntazam ta‘lim olgan 
emas va u hech qachon kollej va universitetlarda ham o‗qimagan. Lekin 
u otasi yordamida tijorat sirlarini yaxshi o‗rgangan va 16 yoshidayoq 
kontora va birjada otasiga yordamchi bo‗lib ishlagan. 
D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo‗ldi. 
Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo‗ladigan nikohiga qarshi 
edi. Oradan 5–6 yil o‗tgach, D.Rikardo birjada o‗ynab yirik boylik 
orttirdi (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug‗iladi, 
David Rikardo 
(1772–1823) 
.


122 
keyinchalik bu oila yana beshta farzand ko‗radi). D.Rikardo 1810-yilga 
kelib London moliya dunyosidagi yirik shaxslarning biriga aylanadi. 
1799-yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning ―Odamlar boyligi ...‖ 
asarini o‗qib chiqqach, unda birinchi bor siyosiy iqtisodga bo‗lgan jiddiy 
qiziqish paydo bo‗ladi. Shundan keyin u siyosiy iqtisod bilan 
shug‗ullana boshladi va hammani qiziqtirgan savollarga javob berishga 
harakat qildi. 
Rikardo: uslub, siyosat, predmet 
Rikardo iqtisodiy ta‘limotlarda o‗zining sof nazariyasi bilan 
iqtisodiyot rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan. U sanoat davriga xos 
ilmlarni hajm va uslubda abstrakt tahlil orqali ko‗rib chiqdi.
 
Rikardo uslubiyoti
D.Rikardogacha Adam Smit siyosiy iqtisodni tahlil qilishda ikkita 
yo‗nalishda:
1. O‗z davrining iqtisodiyotini deduktiv nazariya orqali.
2. Zamonaviy va tarixiy institutlar to‗g‗risidagi tasvir orqali amal-
ga oshirgan.
Smitning bu usuli ―tarixiy tavsiflovchi materiallar‖ nazariyasini 
boyitganligidir. Rikardo aksincha, o‗z ishida sof nazariy yondashuviga 
asoslandi. U o‗z davrining iqtisodiyotini abstraksiyalash va deduktiv 
usulni qo‗llash bilan amalga oshirdi. Uning sof nazariyasidagi 
matematik texnikasi biroz qo‗pol bo‗lsa-da bugungi kunning 
matematiklarini hayratga solmoqda. Garchi Rikardoning usuli yuzaki va 
sof nazariy bo‗lsa ham, amaliy iqtisod, siyosiy iqtisodiyot uning kuchli 
tomonlari bo‗lgan. Jumladan, uning don masalasi bo‗yicha olib borgan 
tadqiqotlari uning Angliyadagi ijodi – bug‗doy importi va undan 
olinadigan daromadni taqsimlashga o‗z ta'sirini ko‗rsatmagan bo‗lsada, 
keyinchalik bu nazariya unga amaliy masalalarni aniq tahlil qilish uchun 
zamin bo‗ldi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin