118
Ushbu rasmda A.Smitning birinchi konsepsiyasi «mehnat» so‗zi
yaxlit strelka ko‗rinishida aks ettirilgan. Bu qiymatni yaratishda mehnat
yagona manba ekanligini ko‗rsatdi. Mehnat
bilan yaratilgan daromad
taqsimlanish jarayonida ish haqi, foyda va rentaga bo‗linadi. A.Smitning
ikkinchi konsepsiyasining asl ma‘nosi «Kapital» va «Yer» so‗zlari
yozilgan nuqtali chiziq (punktirli) strelka yordamida ifodalangan. Bu
konsepsiya mahsulot va daromadlarni yaratishda mehnat bilan birga
kapital va yerning ham ishtirok etishini bildiradi.
Ular endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida
bo‗ladi. Mehnat ish haqi ko‗rinishida
daromad yaratadi, kapital foyda
ko‗rinishida daromad yaratadi, yer renta ko‗rinishida daromad yaratadi.
A.Smitning ikkinchi konsepsiyasi oddiy tovar ishlab chiqarishni
(«qoloq jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni
tadqiq qilishga o‗tish bilan bog‗liq. Aynan
kapitalistik tovar ishlab
chiqarishda jonli mehnat qiymatning yagona manbayi bo‗la olmaydi.
―Oldin mehnat vositalari ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‗lgan. Kapital
jamg‗arilishi va yerning xususiy mulkka aylanishidan oldingi jamiyatda,
deb yozadi A.Smit, – mehnat miqdorlari o‗rtasidagi nisbat mahsulot-
larni ayirboshlashning yagona asosi bo‗lib kelgan. Barcha mehnat
mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‗ladi va sarflangan mehnatning
miqdori bahoning yagona o‗lchovi hisoblanadi‖.
Keyinchalik, kapital jamg‗arilib borgan sari vaziyat o‗zgarib boradi.
Tovarning qiymati ikki qismga bo‗linadi: bir qismi ish haqiga, ikkinchi
qismi kapital foydasiga. Kapital egasi yollanma mehnatni ishlatadi.
Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab
chiqaruvchiga qarashli
bo‗lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga tegishli bo‗ladi. Bunday
sharoitda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat
miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan-bir manba bo‗la olmaydi.
A.Smitning
fikricha, «tabiiy baho» (qiymat) - bu shunday bahoki,
uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va yer uchun to‗lanadigan tabiiy
Me‘yorlarga taxminan mos keladi. Bu tabiiy Me‘yorlar mintaqalar
bo‗yicha farq qiladi
va ular hayot darajasiga, geografik va tabiiy
sharoitlarga, o‗rtacha xarajatlar darajasiga va boshqalarga qarab
o‗rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil narx» konsepsiyasiga
o‗xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi shundaki, F.Akvinskiyda «odil
narx» odamlar tomonidan ongli ravishda o‗rnatiladi, A.Smit bo‗yicha
esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – obyektiv
bozor qonunlarining
amal qilish natijasidir.
119
Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor
holatiga qarab undan yuqori yoki past bo‗lishi mumkin.
Ushbu
tebranish tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklifdan kam
bo‗lsa, bozor bahosi xarajatlardan past bo‗lgan bo‗ladi va tadbirkorlar
ishlab chiqarishni qisqartiradi.
Aksincha, talabning ortishi bahoning
oshishi va taklifning ko‗payishini rag‗batlantiradi. Natijada bozor
bahosi «tabiiy baho» darajasiga intiladi. Albatta,
axborotning
yetishmasligi, tabiiy va sun‘iy monopoliyalarning mavjudligi bilan
bog‗liq holatlar bundan istisno.
Dostları ilə paylaş: