113
Taraqqiyot va jamiyat farovonligining haqiqiy manbayi «tabiat in‘omi»
emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek), balki aynan mehnat taqsimotidir.
Shu
bilan
birga ixtisoslashuvni
chuqurlashtirish imkoniyatlari
cheklangan bo‗ladi,
negaki birinchidan, agar yaratilgan qo‗shimcha
mahsulot xarid qilinmasa, undagi mehnatni yanada taqsimlashga zarurat
bo‗lmaydi, ikkinchidan, korxonalarning ko‗lami qancha kichik bo‗lsa,
mehnat
taqsimoti
uchun
imkoniyatlar
shuncha
kam
bo‗ladi
(foydalanayotgan kapital miqdoriga qarab).
Ushbu nazariyadan milliy boylikning ko‗payishi jamiyatdagi ayrim
sinflar faoliyati natijasi emas
(merkantilistlarda – savdogarlar,
fiziokratlarda – yer egalari)
, balki
mehnat taqsimotida qatnashayotgan
barcha kishilar faoliyatining natijasidir
, degan xulosa kelib chiqadi.
Boshqacha
aytganda, foyda yaratuvchi har qanday mehnat unumli
mehnatdir. Ammo bu masala bo‗yicha A.Smitda izchillik bo‗lmagan.
Birinchidan, u faqat moddiy narsalarni yaratish va o‗zgartirish bilan
bog‗liq bo‗lgan mehnatni unumli mehnat hisoblagan. O‗qituvchilar,
huquqshunoslar, harbiylar, ma‘muriyat, yozuvchilar va shu kabilarning
mehnati esa unumli hisoblanmagan. Ikkinchidan, A.Smit
iqtisodiyotda
qishloq xo‗jaligi sohasining ustunligi g‗oyasidan qutula olmagan. U
hunarmandlar va savdogarlar mehnatini yer egalari mehnatiga nisbatan
kam unumli bo‗ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki yer egalariga tabiat
«yordam» beradi va «dehqonchilikka qo‗yilgan kapital haqiqiy boylikka
va daromadga ancha ko‗p qiymat qo‗shadi». Bunda A.Smitning
ta‘kidlashicha, iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari
bahosi pasayib borish moyilligiga, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari bahosi
esa o‗sish moyilligiga ega. Shuning uchun uning fikricha, qishloq
xo‗jaligiga qo‗yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi.
Agar o‗sha davrda Angliyada manufaktura
sanoati rivojlana
boshlaganini va hatto birinchi yuqori unumli fabrikalarning paydo
bo‗lganligini hisobga oladigan bo‗lsak, A.Smitning bu xatosini
tushunish yana ham qiyinlashadi. Uning unumli mehnat konsepsiyasida
izchillikning yo‗qligi, ishlab chiqarish jarayonidagi kapital mavqeyini
yetarlicha tushunmaganligi natijasidir. A.Smitning fiziokratik bid‘atlari
jamiyat o‗z resurslarini, birinchi navbatda, qishloq xo‗jaligiga,
ikkinchi
navbatda, sanoatga va faqat uchinchi navbatda, savdoga yo‗naltirishi
kerakligini tasdiqlashida o‗z ifodasini topadi. Bundan A.Smit sanoat
to‗ntarilishining dastlabki uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab
chiqarishining hal qiluvchi ahamiyatini ko‗ra olmagan, degan xulosa
kelib chiqadi.
114
A.Smit boylikni ko‗paytirishda pulning o‗rniga alohida urg‗u berib
o‗tadi. Uning tasdiqlashicha,
qimmatli metallarning, pulning maxsus
ahamiyati to‗g‗risidagi merkantilistlarning fikri noto‗g‗ri. Agar pulni
jamg‗arish asosiy maqsad bo‗lsa, unda
pul harakatsiz qolib ketadi, bu
esa ushbu pulga ishlab chiqarish yoki sotib olish mumkin bo‗lgan
mahsulotlarning kamayib ketishiga olib keladi. Pul jamiyat boyligini
ko‗paytirishda muhim omil bo‗lib xizmat qiladi.
A.Smit kapitalni tahlil qilgach, ishlab chiqarishning o‗sishi,
manufaktura sanoatining yaratilishi kapital faoliyati natijasi ekanligini
ko‗rsatib beradi. U kapital, deganda maxsus ishlab chiqarish fondlarini,
ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarishning moddiy omillarini
tushungan. A.Smit kapitalni asosiy va aylanma
kapital turlariga ajratib
ko‗rsatadi. Muomalada bo‗ladigan kapital aylanma kapital, muomalada
amal qilmaydigan kapital asosiy kapital nomini olgan. A.Smit bo‗yicha
asosiy kapital ham, aylanma kapital ham boylik yaratadi. Kapitalning
o‗sishi – millat boyligini ko‗paytirishning uchinchi (mehnat taqsimoti va
puldan foydalanish bilan birga) asosiy omili. Kapital qancha ko‗p bo‗lsa,
ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko‗p
bo‗ladi. Buning ustiga kapitalning o‗sishi ayrim vaziyatlarda boylikni
ko‗paytirishning yagona vositasi bo‗lishi mumkin.
Shuning uchun
A.Smit tejamkorlikni qo‗llab-quvvatlaydi. Uning yozishicha, «har bir
isrofgar – jamiyat boyligining dushmani, har qanday tejamkor odam –
jamiyatga muruvvat ko‗rsatuvchidir».
Dostları ilə paylaş: