112
juda vaqtni oladigan jarayon bo‗lib, ishning boshidan to mahsulot tayyor
bo‗lib sotilgunga qadar orada ancha vaqt bor.
Mehnat taqsimotining ortishi bilan ishchilarning o‗zlari uchun
ishlab chiqarishlariga hojat qolmaydi va iste‘mol tovarlari zaxirasi
paydo bo‗ladi. Kapitalistning asosiy vazifasi ishlab chiqarish
boshlanganidan to mahsulot sotilgunga
qadar ketadigan vaqtni
qisqartirishdir. Shuning uchun Smit quyidagi xulosaga keldi:
―Resurslarning jamlanish jarayoni mehnat taqsimotidan oldin bo‗lishi
talab etiladi va shu sababdan zaxiralar qancha ko‗p jamg‗arilsa, mehnat
shuncha samarali taqsimlanadi‖
22
.
A.Smit asari nazariy qismining asosiy g‗oyalarini ko‗rib chiqamiz.
A.Smitning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari:
a) boylikni ko„paytirish omillari: mehnat taqsimoti, pul, kapital.
A.Smit o‗z kitobida jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va uning
farovonligini oshirishni markaziy o‗ringa qo‗yadi. Asarning boshida
A.Smit boylikni chinakam yaratuvchi bu – ―har bir xalqning yillik
mehnati‖ deb ko‗rsatib o‗tadi. Demak, boylikning manbayi – mehnat.
A.Smit
bu fikrni rivojlantirib, mehnat taqsimoti boylikni yaratishda
asosiy omil hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Chunki mehnat
taqsimoti asosida uning unumdorligi oshadi.
Muallif bu tezisni
to‗g‗nog‗ich ishlab chiqarish ustaxonasi misolida asoslab beradi.
Ustaxonada o‗n kishi ishlaydi. Ular o‗rtasida mehnat taqsimlangan: biri
simni tortadi, ikkinchisi uni to‗g‗rilaydi, uchinchisi kesadi, to‗rtinchisi
uchini o‗tkirlaydi va h.k. Bir kunda bu o‗n kishi 48000
Dostları ilə paylaş: