105
qiluvchi hunarmandchilik sexlari va gildiyalarining (yirik savdogarlar va
hunarmandlar birlashmasi) bekor qilinishi va boshqalar hisoblanadi.
Ish haqi nazariyasi.
Xuddi fiziokratlarga o‗xshab, A.Tyurgoning
tasdiqlashicha, dehqon barcha ishlarda birinchi harakatlantiruvchi kuch
hisoblanadi; u o‗z yerida barcha hunarmandlarning ish haqini yaratadi.
Ish haqiga nisbatan ko‗proq ishlab chiqaruvchi yagona mehnat bu –
dehqon mehnatidir. U merkantilistlarni tanqid qilgan holda millatning
boyligi, deb eng avvalo, yerni va undan olinadigan «sof daromadni»
hisobladi.
A.Tyurgo ish haqini F.Kene kabi yashash vositalari minimumiga
bog‗lab tushuntiradi. Ammo A.Tyurgo undan farqli ravishda,
ish
haqining yashash vositalari minimumiga kelib taqalish mexanizmini
ochib bermoqchi bo„ldi
. Ish haqini ishchining hayoti uchun zarur
bo‗lgan yashash vositalari minimumi darajasiga pasaytiruvchi bunday
mexanizm uning fikricha, mehnatga bo‗lgan talabning mehnat taklifidan
orqada qolib ketishi, ishchilar o‗rtasidagi raqobatning rivojlanmaganligi
hisoblanadi.
Sinflar nazariyasi.
A.Tyurgo F.Kenega o‗xshab jamiyatni
uch sinfga
ajratadi
: unumli sinf (qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo‗lgan
kishilar); unumsiz sinf (sanoat va boshqa moddiy ishlab chiqarish
tarmoqlarida va xizmat ko‗rsatish sohasida band bo‗lgan kishilar); yer
egalari sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfni
«ishlovchilar yoki ish bilan band
sinflar»
deb ataydi. Ularning har biridagi odamlarni ikki toifaga bo‗lib
ko‗rsatadi, ya‘ni tadbirkorlar yoki avans beruvchi kapitalistlar va ish haqi
oluvchi oddiy ishchilar. Shu bilan birga olimning tasdiqlashicha, aynan
unumsiz sinf «ish haqi oluvchi jamiyat a‘zolari»ni o‗z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: