bo„ladi, qirollik kambag„al bo„lsa qirol kambag„al bo„ladi»,
deb
hukumatni ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik
yaratmaydi, negaki savdogar va hunarmandlar qishloq xo‗jaligida
101
yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga yetkazish va
o‗zgartirish bilan shug‗ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat
«unumsiz»
hisoblanadi. U yerdagi tovarning o‗sgan qiymati faqatgina
savdo va sanoat xarajatlarini qoplash vositalarini o‗z ichiga oladi, sof
mahsulot esa bunda ko‗paymaydi. Keyinchalik, A.Smit fiziokratlarning
sanoatning
«unumsizligi»
to‗g‗risidagi g‗oyasiga qarshi chiqadi va
sanoatda ham boylik yaratilishini ko‗rsatib beradi.
F.Kene merkantilistlarning ―boylik savdoda yaratiladi‖ degan
tezisini tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovarlarning
ayirboshlanishi ekvivalentli bo‗ladi, ya‘ni teng qiymatli tovarlar
ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o‗sishi
sodir bo‗lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo‗q boylik hisoblagan, unga
faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga muvofiq, davlatning
boyishi pul kapitalining o‗sishiga emas, balki qishloq xo‗jaligi ishlab
chiqarishining rivojlanishiga bog‗liq bo‗ladi.
Sinflar nazariyasi.
F.Kene o‗zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga
asoslangan holda jamiyatni uch sinfga ajratib ko‗rsatadi:
unumli sinf,
unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi
. Unumli sinf – bunga qishloq xo‗jaligida
ish bilan band bo‗lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar kiradi. Ular
sof mahsulot yaratadilar. Unumsiz sinf – bular hunarmandlar, ishchilar,
savdogarlar, xizmatkorlar, to‗ralar, ya‘ni dehqonchilikdan boshqa
sohada ish bilan band bo‗lgan kishilar. Ular faqat o‗zlarini
ta‘minlaydilar, o‗z iste‘moliga qancha mahsulot kerak bo‗lsa, shunchalik
mahsulot yaratadilar. Ular jamiyat uchun foydali, ammo o‗zining ham,
jamiyatning ham boyligini ko‗paytirmaydi, shu ma‘noda unumsizdir.
Mulkdorlar sinfi yer egalari, unga qirol va ruhoniylar ham kiradi.
Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki ular o‗z paytida
yerlarni o‗zlashtirgan, yerning unumdorligini oshirgan. Mulkdorlar
tomonidan olinadigan daromad bu ularning oldin qilgan xarajatlari
uchun in‘om. Albatta, jamiyatning sinflarga bunday bo‗linishi noto‗g‗ri.
A.Smit fiziokratlarning bu boradagi qarashlariga kinoyali ravishda
shunday deydi: ―Agar ularning mantig‗iga amal qilsak, unda faqat ikki
farzand ko‗radigan har qanday nikohni unumsiz, deb tan olish kerak
bo‗ladi‖.
Kapital nazariyasi. Iqtisodiy fikrlar tarixida kapital to„g„risidagi
birinchi chuqur nazariy tushunchani
F.Kene ilgari surdi. Merkantilistlar
kapitalni pul bilan bir narsa, deb hisoblagan bo‗lsalar, F.Kene fikriga
ko‗ra pul unumsiz boylik bo‗lib, u hech narsa ishlab chiqarmaydi. Uning
atamasi bo‗yicha qishloq xo‗jaligi qurollari, qurilishlari, mollari,
102
hayvonlari va dehqonchilikda bir necha ishlab chiqarish sikllarida
foydalaniladigan barcha narsalar
«dastlabki avanslar»
deyiladi (hozirgi
zamon atamasi bo‗yicha – asosiy kapital). Bir ishlab chiqarish siklida
ishlatiladigan urug‗lik, yem-xashak, ishchilarning mehnat haqi va
boshqalarni u
«har yilgi avanslar»
ga kiritdi (hozirgi zamon atamasi
bo‗yicha – aylanma kapital). Ammo F.Kenening xizmati faqat kapitalni
ishlab chiqarishdagi mavqeyiga ko‗ra asosiy va aylanma kapitallarga
bo‗lishdangina iborat emas. Bundan tashqari u
aylanma kapital bilan
birga asosiy kapital ham harakatda bo„lishini
ishonarli tarzda isbotlab
berdi.
Takror ishlab chiqarish nazariyasi.
Iqtisodiy ta‘limotlarning
rivojlanishida F.Kenening mashhur «Iqtisodiy jadval» asarining o‗rni
beqiyos. Bu asarda
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni birinchi
marta makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi
. F.Kene jamiyatdagi uchta
ijtimoiy guruhlar – sinflar o‗rtasida mahsulot va pulning ayirboshlanish
jarayonini ko‗rsatib berdi. Takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil
qilishda baholarning o‗zgarmasligi asos qilib olinadi (bunda almashuv
ekvivalentlik tamoyili asosida ro‗y bermoqda, deb faraz qilinadi). Bu
jarayon tashqi bozor ta‘sirisiz, ya‘ni faqat ichki bozor sharoitida yuz
bermoqda, deb qaraladi.
«Jadvaldagi»
takror ishlab chiqarishning boshlang‗ich nuqtasi
yaratilgan bir yillik mahsulot hisoblanadi. F.Kene statistik hisob-
kitoblarga asoslangan holda Fransiya dehqonchiligidagi yalpi mahsulot
qiymatini 5 mlrd. livrga (livr – o‗sha paytdagi Fransiya pul birligi)
baholadi (oziq-ovqat 4 mlrd. livrni, xomashyo 1 mlrd. livrni tashkil
etadi). Bu mahsulotdan tashqari fermerlar o‗tgan yilgi hosilni sotishdan
olgan 2 mlrd. livrga ega. Bu pulni ular mulkdorlarga ijara haqi sifatida
yer uchun to‗laydilar. Unumsiz yoki «hosilsiz» sinf 2 mlrd. livrlik sanoat
mahsulotiga ega. Jami ijtimoiy mahsulot, F.Kene hisobi bo‗yicha
7mlrd. livrni tashkil etadi. Mulkdorlar (yer egalari) hosilni yig‗ishtirib
olgandan keyin fermerlardan 2 mlrd. livr ijara haqi olganlar.
Bu yerda barcha yaratilgan mahsulot realizatsiyasi va aylanish
jarayoni qanday amalga oshadi?
«Iqtisodiy jadval»
ning shartlariga ko‗ra
bu jarayon besh aktdan iborat bo‗lib, uning har birida 1 mlrd. livrga teng
mahsulot realizatsiyasi amalga oshiriladi.
1.
Mulkdorlar «unumli sinf» dan 1 mlrd. livrlik oziq-ovqat
mahsulotlarini sotib oladilar. Buning natijasida qishloq xo‗jaligi
mahsulotlarining 1/5 qismi realizatsiya qilinadi. Mahsulotning bu qismi
muomala sohasidan iste‘mol sohasiga (yer egalariga) o‗tadi.
103
2.
Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan 1 mlrd. livrlik sanoat
mahsulotlarini sotib oladilar. «Unumsiz sinf» shu bilan o‗z
mahsulotining yarmini realizatsiya qiladi.
3.
«Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan
iste‘mol buyumlarini sotib oladi. Shu bilan qishloq xo‗jaligi
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi.
4.
«Unumli sinf» «unumsiz sinfdan» olgan 1 mlrd. livrga uning
o‗zidan («unumsiz sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini
oladi (ular asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan qismini qayta
tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida sanoat mahsulotlarining ikkinchi
yarmi realizatsiya qilinadi.
5.
Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz
sinf» «unumli sinf»dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo‗jaligi xomashyosini
xarid qiladi.
Oxirida jami ijtimoiy mahsulotning butun aylanish jarayoni
natijasida sinflar o‗rtasida 3 mlrd. livrlik qishloq xo‗jalik mahsulotlari va
2 mlrd. livrlik sanoat buyumlari realizatsiya qilindi. «Unumli sinf»
ixtiyorida qolgan 2 mlrd. livrlik mahsulot barcha sinflar o‗rtasidagi
umumiy aylanishda qatnashmaydi, u faqat o‗z sinfi doirasida aylanadi
(jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo‗jaligi
ishlab chiqarish jarayonida sarflangan urug‗lik va oziq-ovqat
mahsulotlari o‗rnini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan sotib olingan
sanoat tovarlari asosiy kapitalning eskirgan qismini qoplash uchun
ishlatiladi. Naqd pul (2 mlrd.) muomala (aylanish) natijasida «unumli
sinf» qo‗liga kelib tushadi, ammo keyingi muddat uchun ijara haqi
to‗lash natijasida bu pul yana yer egalari ixtiyoriga o‗tadi. Shunday
qilib, yangi ishlab chiqarish siklini boshlash uchun, ya‘ni oldingi
hajmdagi ishlab chiqarishni, oddiy takror ishlab chiqarishni davom
ettirish uchun zarur shart - sharoitlar yaratiladi.
«Iqtisodiy jadval»da takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida
olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim oldi-sotdi aktlari
qarab chiqilmaydi, balki juda ko‗p bunday yakka muomala aktlari sinflar
o‗rtasidagi muomalada mujassamlashadi. Ana shu sinflar o‗rtasidagi
muomala F.Kene tadqiqotining predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, uning
muomalani takror ishlab chiqarish jarayonining atigi bir shakli sifatida,
pul muomalasini esa kapitalning faqat aylanish momenti sifatida
ko‗rsatib berishga qilgan harakati samarali bo‗ldi.
Ammo F.Kenening takror ishlab chiqarish to‗g‗risidagi ta‘limotida
bir qator kamchiliklar mavjud. «Iqtisodiy jadval»dagi sinflar
104
tushunchasida izchillik, ilmiylik yetishmaydi. Sanoatchilarni ishlab
chiqarish vositalaridan mahrum etgan holda (ular o‗z mahsulotlarining
hammasini sotib yuboradi) F.Kene ularni ishlab chiqarish jarayonini
qaytadan boshlash imkoniyatidan ham mahrum etadi. Yer egalarining
mahsulotni realizatsiya qilishda markaziy o‗ringa o‗tib qolishi noto‗g‗ri
bo‗lgan. Ammo undagi kamchiliklar mazkur asarning qimmatini
tushirmaydi. Unda iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta milliy
iqtisodiyot makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi va undagi g‗oyalar
bo‗lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo‗lib qoldi.
F.Kenening g‗oyalari
Dostları ilə paylaş: |