5.4. Fiziokratlar
Adam Smit Fransiyaga sayohat qilganida u fiziokratlar, deb
atalgan bir guruh fransuz yozuvchilaridan ta‘sirlangan. Ular iqtisodiyot
sohalarining bir-biriga bog‗liqligini yaxshi tushunishgan va nazorat
qilinmagan bozorlarning ishlash mexanizmini tahlil qilishgan.
Merkantilizm 18-asrda Fransiyada keng tarqalgan bo‗lsa ham,
1750-yillarga kelib yangi fiziokratlar harakati boshlandi, lekin bu
uzoqqa cho‗zilmadi. A.Smitning iqtisodiyotni tushunishda bergan bu
birnecha tahliliy tushunchalari uning
keyingi g‗oyalarining shakllanishida
ahamiyatli
rol
o‗ynadi. Iqtisodiy
ta‘limotlar olimlari ko‗pincha har xil
g‗oyalarni ularning birgina oxshash
taraflarini hisobga olib bir maktab
sifatida
tavsiflaydilar.
Shunday
bo‗lsada,
fiziokratlar
ayrim
muammolar
bo‗yicha
hayratlanarli
tarzda izchil qarashlarni namoyon
etganlar. Buning uch sababi mavjud.
1. Fiziokratizm faqatgina Fransi-yada yuzaga kelgan.
2. Fiziokrtlar g‗oyalari nisbatan qisqa, 1750-yildan 1780-yilgacha
bo‗l-gan davrda taqdim etilgan (fiziokratlar g‗oyalarini 1750-yildan
oldin va 1780-yildan keyin hech kim bilmagan deyiladi).
97
3. Fiziokratlarning taniqli yo‗lboshchisi Fransua Kene (1694-1774)
bo‗lib, uning g‗oyalari o‗z izdoshlari tomonidan so‗zsiz qabul qilinar
edi. Bu izdoshlarining asarlari asosan boshqalarni Kenening
nazariyasiga ishontirish maqsadida yozilgan edi.
18
Uning Tableau Economique – iqtisodiyot jadvali jamiyatning uch
sohasini qamrab olgan. fermerlar, yer egalari hamda hunarmand va
xizmatkorlar. Hunarmandlardan boshqa sektorlar – tashqi savdo, davlat
sektori yoki manufaktura keltirilmagan. Fiziokratlar tahlili iqtisodiy davr
boshidagi yer egalarida qolgan 2000 livrlik sof mahsulotdan boshlanadi
(livr frankdan oldingi Fransiya pul birligi). Sof mahsulot yer egasiga
oldingi davr faoliyati uchun yer rentasi sifatida berilgan edi. Fiziokratlar
faqat yer uning ishlab chiqarish xarajatidan ko‗ra ko‗proq mahsulot
ishlab chiqarishi mumkin, deb qabul qilishadi; jadvalda bu unumdorlik
100 foiz, deb qabul qilingan. Masalan, hunarmandlar ishlab chiqargan
mahsulotlar qiymati unga ishlatilgan ishlab chiqarish omillariga
to‗lanadigan qiymat bilan teng bo‗ladi. Faqatgina yerning mahsuloti
unga ketadigan xarajatdan ko‗proq bo‗ladi. Jadvalda qishloq xo‗jaligiga
qilingan 2000 livrlik investitsiya 2000 livrlik ortiqcha mahsulot yaratadi,
bu esa yer egasiga renta sifatida to‗lanadi.
Keynschilik
– rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan
tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. Jon Meynard
Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli
kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali
inflyatsiya va bandlikka ta‘sir ko‗rsatishini asoslaydi.
Neoliberalizm
(F.Xayek, L.Erkard) – davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, e‘tiborni xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.
Monetarizm –
(M.Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul muoma-
lasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi.
18
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander74- b.
|