91
Mamlakat boyligini ko‗paytirish uchun U.Petti
qamoq jazosi
o‗rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‗lashga «qurbi
yetmagan o‗g‗rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur
qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga
qarama-qarshi tarzda
boylik,
eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini
bildiradi, ya‘ni xo‗jalik
hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi.
U.Petti
bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash
bema‘ni narsa ekanligini ko‗rsatib o‗tadi.
Davlatning bunday xatti-
harakati uning fikri bo‗yicha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man
etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o‗zini pulning miqdoriy
nazariyasi tarafdori ekanligini ko‗rsatdi va muomala uchun zarur
bo‗lgan pul miqdori to‗g‗risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish
etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi
pulning vazifasini yuzaki
tushunganligi aniq ko‗rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi
haqiqatdan ham «pul o‗z-o‗zidan boylik mazmunini anglatmasligini»
ko‗rsatdi, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan keyingi boshqa
klassik iqtisodiy nazariya mualliflari M.Blaug so‗zi
bilan aytganda, u
(pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e‘tiborni pulning muomala vositasi
sifatidagi vazifasiga qaratgan holda tovar va pul bozorlari o‗rtasidagi
o‗zaro bog‗liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash
vositasi sifatidagi funksiyasini inkor etdi.
Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to‗g‗ri
tanqidlari bilan
birga U.Pettining bu borada noto‗g‗ri tushunchalari ham bo‗lgan.
Masalan,
u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi
ishtirokini inkor etdi
va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni
qattiq turib ma‘qulladi. U.Petti savdogarlarni davlatning «qonini»
taqsimlash bilan shug‗ullanuvchi «o‗yinchilar»ga o‗xshatadi. U «qon»
deganda qishloq xo‗jaligi va sanoat mahsulotlarini nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: