O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Qiymat nazariyasi

U.Pettining merkantilistlar g‗oyasiga bo‗lgan 
salbiy yondashuvi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko‗paytirish 
yo‗llarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymatining yaratilish tabiatini 
va bozorda ularning qimmati darajasiga ta‘sir etuvchi omillarni 
aniqlashda ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari 
keyinchalik uni 
qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi,
deb tan olinishiga sabab bo‗ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat 
nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri 
hisoblanadi.
U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha, 
tovar qiymati kumush 
qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi
va uning «tabiiy bahosi» 


92 
hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa 
ularning «haqiqiy bozor bahosi» hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd 
qilinishicha, 
tovar qiymati mehnat va yer ishtirokida yaratiladi
. Ya‘ni 
U.Pettining o‗zi aytganidek, «Kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning 
qiymati qandaydir yer miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga 
teng, chunki har ikkalasi – kema ham, kamzul ham – yer va inson 
mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko‗rinib turibdiki, U.Pettida tovar 
bahosi asosida 
sarfli mexanizm yotadi
.
Daromadlar nazariyasi

Ishchilarning daromadlari, pul kapitali va 
yer egalarining daromadlari to‗g‗risida U.Petti aytib o‗tgan qoidalar 
keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari 
uchun asos bo‗lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi 
ish haqini mehnatning bahosi,
deb hisobladi va uning darajasini 
ishchining yashashi uchun zarur bo‗lgan vositalar minimumi bilan 
ifodaladi. U.Petti, har bir ishchi 
«yashash, mehnat qilish va ko„payishi 
uchun»
kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy 
jihatdan isbotlab bermoqchi bo‗ldi: agar ishchiga ko‗rsatilgan 
minimumdan ikki baravar ko‗p haq to‗lansa, u chog‗da ishchi ikki marta 
kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy 
berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to‗g‗risidagi mazkur qoidasi 
«klassik maktabning» ko‗pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining 
asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin D.Rikardo va T.Maltus 
ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab
, uni ishchining va 
uning oilasining yashashi uchun zarur bo‗lgan vositalar minimumi bilan 
bog‗lab tushuntirganlar. 
Tadbirkorlar va yer egalari daromadlari U.Petti o‗zi umumlash-
tirgan tushuncha – ―renta‖ sifatida tavsiflanadi. U masalan, dehqon-
chilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga ketgan 
xarajatlar o‗rtasidagi farqni renta, deb atagan (ya‘ni tuproq 
unumdorligiga bog‗liq bo‗lgan renta). Ikkinchi bir misolda, ssuda 
foizining 
kelib 
chiqish 
mohiyatini 
ko‗rib 
chiqqach 
U.Petti 
soddalashtirib, bu ko‗rsatkich ―ssudaga beriladigan pulga sotib olinishi 
mumkin bo‗lgan muayyan yer maydonidan olinadigan rentaga teng‖, 
deb atadi. 
Yana bir joyda yer uchastkasining bozorga uzoq-yaqin 
joylashishidan kelib chiqadigan renta shakli ko‗rsatib beriladi. Aholi 
yashash joylariga yaqin joylashgan yer uchastkalaridan nafaqat yuqori 
renta olinadi, balki yillik renta summasi ham boshqa xuddi shunday 


93 
unumdor, lekin aholi turar joylaridan ancha uzoq bo‗lgan yerlarga 
nisbatan ko‗p bo‗ladi. 
Shu bilan U.Petti yer bahosini aniqlash bilan bog‗liq bo‗lgan 
muammoni hal qilishga uringan. Lekin bu yerda ham olim mazkur 
muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, yerning bahosi bir 
yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo‗lishi kerak. Ammo u bu 
miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya‘ni yerning bahosini 
keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko‗paytirish mumkin bo‗lgan 
sonni topa olmadi.
Shu bilan birga uning yer bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan 
ssuda kapitali bilan yerdan olinadigan yillik renta o‗rtasidagi o‗zaro 
bog‗liqlik g‗oyasi iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o‗ynadi. 
Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o‗tadi. Ma‘lum ma‘noda xuddi 
shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi. 
Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi 
mumkin bo‗lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo‗lgan pul 
summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer 
egasi o‗z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul 
summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o‗sha summadan ko‗pini ham 
ololmaydi, negaki bunday summani to‗lashga rozi bo‗lgan kapitalistga 
birdaniga juda ko‗p yer uchastkalari taklif qilinadi.
Uilyam Petti hayoti davomida faqatgina bitta asarini chop ettirgan, 
biroq o‗limidan so‗ng 10 yil davomida qolgan 4 ta kitobi ham nashr 
etilgan. Bu kitoblar ko‗proq traktatlar bo‗lib, izchil tuzilmaga rioya 
qilinmagan edi. Petti to‗quvchilar oilasida tug‗ilgan bo‗lib, kam-
bag‗allikni boshidan kechirgan yorqin olim edi, u 15 yoshigacha 
navigatsiya, geometriya, arifmetika, lotin, grek, fransuz tillarini o‗rganib 
bo‗lgan edi. Uilyam Petti dengizchi, fizik, kashfiyotchi va eng muhimi 
iqtisodiy o‗zgaruchanlik o‗lchovi mavzusini yoqlagan birinchi iqtisodchi 
sifatida faoliyat ko‗rsatib, hayoti so‗nggida nihoyatda boyib ketgan. 
Uning iqtisodiy qaydlari umumiy traktatlar emas edi, ular Uilyamning 
amaliy qiziqishlari natijasi edi, jumladan, ular soliq siyosati, pul va 
o‗lchov masalalariga bag‗ishlangan edi. 
Pettining Siyosiy Arifmetikasi 1676-yilda yozilgan bo‗lsa-da, 1690-
yilga qadar chop etilmagan. U siyosiy arifmetika metodologiyasi fanga 
yangilik kiritayotganini anglab yetgan edi.
Buni amalga oshirish uchun biroz noan‟anaviy usuldan 
foydalanaman. Nisbiy va absolyut so„zlarni, intellektual ta‟kidlarni 
ishlatishdan ko„ra men… son, og„irlik va o„lchovlar orqali 


94 
tushuntiraman, sezgilarga ta‟sir qiluvchi ta‟kidlarnigina ishlatish va 
faqat shunday sabablarni o„rganish tabiiy asoslarga ega
17

U hayoti davomidagi va undan oldingi falsafiy o‗zgarishlardan 
chuqur ta‘sirlangan. Aristotel va sxolastlar o‗z tahlillarini faqatgina so‗z 
orqali ifoda etardilar, lekin Dekart, Gobbs va Bekonlar ilmiy fanga 
induksiya, empiritsizm va matematikani olib kirdilar.
Petti ijtimoiy voqealarni o‗lchashda statistik usullarni qo‗llashni 
ochiqchasiga ma‘qullagan birinchi olim bo‗lgan bo‗lsa kerak. U aholi 
sonini, milliy daromadni, eksportni, importni va xalqning asosiy 
jamg‗arilgan kapitalini o‗lchashga harakat qilgan. Uning uslubi haddan 
tashqari xom bo‗lib, Adam Smitning siyosiy arifmetikasidan kam 
foydalanganligini ko‗rsatar edi.
Petti o‗z tahlili va siyosiy xulosalaridan oddiy merkantilist bo‗lib 
ko‗rinsa ham, keyinchalik uning xulosalari iqtisodiy nazariya va ijtimoiy 
fanlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin