O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Merkantilizmning tarixiy ahamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
Merkantilizmning tarixiy ahamiyati 
Merkantilizm va uning vakillari ijodiy merosidagi ham pozitiv, ham 
negativ unsurlar nuqtayi nazaridan iqtisodiy ta‘limotlar tarixida o‗chmas 
iz qoldirdi. 
Birinchidan, merkantilistlar konsepsiyasi deyarli butunlay muomala 
sohasidagi xo‗jalik hayotining amaliyotiga qaratilgan. Shunday bo‗lsada, 
bu ularga ko‗plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy muomilaga kiritish, 
savdo sohasi, ssuda operatsiyalari va pul muomalasining muhim 
qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa 
sohalariga ularning ta‘siri doimo aynan bir xil bo‗lgan emas. 
Masalan, mamlakatning o‗z sanoati va savdosini rivojlantirishi 
uchun pul muhim vosita ekanligini to‗g‗ri tushuntirib bergach, 
merkantilistlar milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga 
e‘tibor bermadilar. Bundan tashqari ular uchun ishsizlik muammosi ham 
muhim hisoblanmagan. «Ixtiyoriy ishsizlik»ning asosiy sababi 
15
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 66-b. 


85 
ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi «yalqovlik» yoki «axloqiy 
buzuqlik» deb hisoblashgan. 
Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining 
Yevropada ancha rivojlangan mamlakatlar –Angliya va Fransiyada 
klassik siyosiy iqtisodning o‗ziga xos xususiyatlarini ko‗rsatib 
berishgan. 
Xususan, Fransiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber 
ancha faol proteksionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning 
qudratli manufaktura tarmog‗i yaratildi. Ammo bir vaqtning o‗zida 
mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa 
mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo‗li bilan fermer xo‗jaliklarining 
shakllanishiga to‗sqinlik qilindi. 
Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma‘lumki, 
Fransiyaga nisbatan ancha «unumli» bo‗ldi. XVII asrdagi savdo va 
sanoat sohasida bu mamlakatning proteksionizm siyosatidagi asosiy 
yutuqlari odatda, Ost-Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri Tomas Man 
nomi bilan bog‗lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma‘lumki, aynan 
Angliyada merkantilizm bilan bo‗lgan g‗oyaviy kurash natijasida eng 
muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, 
T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o‗z aksini topdi. Bundan 
tashqari XIX asrda Angliya ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida 
eng muhim antimerkantilistik chora-tadbirlarni, jumladan, ichki va 
tashqi savdoda to‗la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin