4.4. Merkantilizmning zamonaviy tahlillari J.M Keyns o‗zining ―…umumiy nazariyasi‖ning merkantilistlarga
bag‗ishlangan ―Merkantilistlar haqida‖ deb atalgan qismida ularni
iqtisodiy
rivojlanishga
olib
keladigan
chora-tadbirlar
haqida
tushunchaga ega bo‗lgan iqtisodchilar sifatida ta‘rifladi. Lekin klassik
iqtisodchilar 1776-yildan Keyns davrigacha merkantilistik adabiyotlarni
ahamiyatsiz, deb hisobladilar. Klassik va Keyns nazariyasining
xususiyatlarini solishtirish orqali bunday farqlar mavjudligini tushunish
mumkin bo‗ladi, albatta. Smit va boshqa klassik iqtisodchilar ishlab
chiqarishning real hajmini belgilab beruvchi omillarga asosiy e‘tiborni
qaratganliklari sababli ularning nazariyalari faqat taklif tarafiga urg‗u
beradi. Keyns yalpi talabning ahamiyatiga e‘tibor qaratgan bo‗lsa ham u
o‗zining nazariyasi va merkantilist g‗oyalari o‗rtasida ma‘lum darajada
bog‗liqliklar mavjudligini bildi. U ularning yetarlicha iste‘mol qilmaslik
g‗oyasini ma‘qulladi va merkantilistlarning pul miqdorining oshishi
ishlab chiqarishni ko‗paytiradi, degan fikrlarini to‗g‗ri, deb baholadi.
Keyns fikricha, merkantilistlar ijobiy savdo balansi ichki sarflarni
oshiradi va shu orqali daromadlar va bandlik darajasini ham oshiradi,
deb hisoblaganlar.
Avvalgi
yozuvchilar
tadqiqotlarini
baholashning
yana bir
muammoli tarafi ularning intellektual muvaffaqiyatlarini baholashning
zarurligidadir. Bu baholash to‗liq zamonaviy mezonlar asosida amalga
oshirilishi kerakmi, yoki bo‗lmasa, o‗sha davr tahliliy rivojlanish
darajasiga mos ravishda amalga oshirilishi kerakmi? Ta‘limot
tarixchilarining asosiy qismi bu ikki qarash o‗rtasidagi pozitsiyada
bo‗lsalar ham, avvalgi iqtisodchilarning nisbiy ahamiyati haqida har xil
fikrga keladilar
14
.
Merkantilizmga nisbatan bildirilgan yana bir munosabatni qayd etib
o‗tishimiz lozim. Ayrim iqtisodchilar merkantilizmni ularning
namoyondalari ilgari surgan g‗oyalari asosida emas, balki ularning
manfaatlari asosida baholashadi. Merkantilistlar zamonaviy iqtisodiy
tilda ―manfaat qidiruvchilar‖ deb atalgan. Ular foyda ko‗rish maqsadida
davlatni ishga solib o‗zlari uchun imtiyozlar yaratganlar. Umuman
olganda ular davlatning monopollik imtiyoziga sazovor bo‗lgan
14
William R. Allen, ―Modern Defenders of Mercantilistic Theory,‖
History of Political Economy , 2 (Fall 1970); A.
W Coats, ―The Interpretation of Mercantilist Economics: Some Historiographical Problems,‖
History of Political Economy , 5 (Fall 1973); and William R. Allen, ―Rearguard Response,‖
History of Political Economy , 5 (Fall 1973).
83
savdogarlar bo‗lib, bu monopol-savdogarlik ularga balandroq narx
o‗rnatish imkoniyatini bergan.