81
tayyor bo‗lgan, bu kitob uning vafotidan so‗ng o‗g‗li tomonidan 1664 –
yili chop etilgan.
T.Man o‗z kitobida Angliya xazinasi
xalqaro savdodan boyishini
ta‘kidlagan. U qimmatbaho metallar aksiyasiga ega davlat boyligini o‗z
nazariyasiga ko‗ra rad etdi. Uning fikricha, hukumat muqobil balans,
arzon xomashyo import qilishni rag‗batlantirish,
ishlab chiqarilgan
tovarlar importini nazorat qilishga erishish uchun davlat xorijiy savdoni
boshqarishi lozim edi.
1755-yilda T.Manning mashhur kitobi so‗ngi bor nashr etildi. U
barcha xalqaro savdoning maqbul balansiga erishish mumkinligiga
e‘tibor qaratgan, Hindistonga keladigan
qimmatbaho metallar
eksportidan Angliya katta daromad olishi va savdoni kengaytirgan holda
barcha xalqaro savdo balansiga ham ta‘sirini aytib o‗tadi.
Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik Jon Lo
(1671–1729-y.) hisoblanadi. J.Lo kredit-bank tizimi, shuningdek, qog‗oz
pul muomalasi va birja chayqovchiligi asoschilardan biri hisoblanadi. U
kuchli iqtisodchi-amaliyotchi bo‗lsada, faqat ikkita asar yozgan.
Birinchisi ―Pul va savdo‖ 1705- yilda chop etilgan, ―Regentstvo
davri
moliya tarixi‖ nomli ikkinchi kitobi uning o‗limidan sal oldin yozib
tugatiladi, lekin faqat ikki yuz yildan keyin nashr etiladi.
J.Loning asosiy iqtisodiy g‗oyalarini quyidagicha tavsiflash
mumkin:
1) milliy iqtisodiyot rivojlanishining
kaliti sifatida, banknotalarni
chiqarish yo‗li bilan mamlakatda pulning mo‗l-ko‗lligini ta‘minlashga
harakat qildi;
2) kredit emissiya banklarining davlatga qarashli bo‗lishini,
hukumat tomonidan iqtisodiy siyosat olib borilishi va uning
yordamidan foydalanishni talab qilib chiqdi;
3) tovarlar bahosining ozgina oshishi
tovarlar taklifining ancha
ko‗payishiga olib kelishi qoidasini asoslab berdi;
4) davlat qo‗shimcha ish joylarini yaratishga imkon beruvchi
muomaladagi pul miqdorini ko‗paytirish yo‗li bilan ishlab chiqarish
miqdoriga ancha katta ta‘sir ko‗rsatishi mumkinligi to‗g‗risida
gapirib
o‗tdi;
5) aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish yo‗li bilan kapital
markazlashuvi va birlashuvi g‗oyasiga ta‘sir ko‗rsatdi.
Shunday qilib, aytish mumkinki, merkantilizm
konsepsiyasi eng
avvalo, proteksionistik tadbirlardan foydalanishga va iqtisodiy hodisa va
jarayonlarning rivojlanishida davlat aralashuviga tayanadi. Bunday
qarash jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida, shu
jumladan, hozirgi davrda ham kuzatiladi.