74
quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya
qildilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar
bilan izohlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik
sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini
ta‘minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xomashyoni
import qilish yo‗li bilan sanoatni rag‗batlantirish; import qilinadigan
sanoat tovarlariga proteksionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa,
tayyor mahsulotlar eksportini rag‗batlantirish; ish haqining past
darajasini ushlab turish uchun aholining o‗sishi. Milliy farovonlikning
zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi shak-shubhasiz,
merkantilizmning asosi hisoblanadi.
Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, uzoq yillar davomida
boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, yer, dehqonchilik va
chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko‗rib
chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‗zgardi. Avvalo, natural-
xo‗jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‗sishi, fan va
madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk
geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‗lishi
birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Noekvivalent
savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana
shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o‗rnini asoslab berishga
uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning
importdan ko‗p bo‗lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini
rag‗batlantirish va jamiyat ishlarini qo‗llab-quvvatlash tushunchalari
ustunlik qilgan, shuningdek, ―qo‗shningni quritsang, go‗yoki millat boy
bo‗ladi‖ kabi noto‗g‗ri siyosat ilgari surilgan.
Dostları ilə paylaş: