O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

3.6. Zahiriddin Muhammad Bobur va 
Boburiylar davri 
 
Buyuk davlat arbobi, qomusiy olim 
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) 
va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, 
iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta 
ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy 
 
Zahiriddin Muhammad Bobur 
(1483-1530)
 


65 
bitiklardan ma‘lum. Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida, 
«Mubayyin» kabi to‗plamlarida iqtisodiyotga oid ma‘lumotlar, shu 
jumladan, soliq siyosatiga katta o‗rin berilgan. «Zakot to‗g‗risidagi katta 
kitob» da esa o‗sha davrdagi soliq, uning turlari to‗g‗risida qimmatli 
fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutolaa qilar ekanmiz, ulardan 
mamlakatimizning bugungi hayotida ro‗y berayotgan iqtisodiy 
islohotlarni, o‗zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha xulosalarlar chiqarish 
va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz. 
Ayniqsa, iqtisodiyotga uning umumiy asoslari bo‗lmish ishlab chiqarish, 
shuningdek, savdo va tijoratga oid, soliq va boj to‗lovlari bilan bog‗liq 
bo‗lgan qarashlari e‘tiborga molik. E‘tirof etish kerakki, garchi bizning 
hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni 
tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o‗z hukmronligi 
davrida yuritgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo‗lmasa 
ham, ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday 
qisqacha xulosalarga kelish mumkin: u buyuk mutafakkir, qomusiy olim 
sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va 
davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning 
uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy 
jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yuritgan, buning oqibati o‗laroq u 
hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy 
-ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan 
saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o‗chmas iz qoldirdi. 
Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o‗rinni 
egallagan. 
Boburning «Mubayyin» asari to‗la ravishda qonunlar va iqtisodiy 
masalalarga bag‗ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» 
ma‘nosiga ega. Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va 
Xurosonda ham «zakot» ma‘lum miqdorda va muayyan shart-
sharoitlarda olinadigan soliq ma‘nosida qo‗llaniladi hamda naqd pul va 
savdo yig‗imi shaklida to‗planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish 
obyektining «nisobi», ya‘ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli 
bo‗lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan 
soliq olinmaydi. «Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta 


66 
to‗la», deb yozadi Bobur. Xiroj, ya‘ni yer solig‗i ikki toifaga bo‗lingan: 
muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‗liq 
bo‗lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo‗lgan, ikkinchi esa, soliq 
solinadigan yerning maydoniga bog‗liq ravishda olingan. Yerni 
sug‗orish masalalari Sharqda o‗ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda 
quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun‘iy sug‗orishni talab etganligidan 
sug‗oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan ko‗p hosil bergan. Shu 
sababli suv solig‗i ham bo‗lgan. Suv solig‗i quyidagicha olingan: «agar 
sug‗orish davrida chig‗ir qursang, olgan hosilning o‗ndan birining 
yarmini (5%) soliq uchun to‗lashing kerak», ya‘ni sug‗oriladigan 
yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to‗g‗ridir. 
Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig‗imlar tamomila 
islomiy shariatga to‗la rioya qilingan holda olingan.
Nisobga yetgan miqdordagi mol-mulkdan Qur‘oni Karim, 
Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat‘iy belgilab qo‗yilgan qismi 
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar, 
ya‘ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‗ylardan soliq (zakot) 
quyidagicha olingan: 40 qo‗ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 
dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo‗lsa har 100 qo‗ydan bittasi zakot 
qilib berilgan. Shuningdek, «Boburnoma»da bir yurt tovarining boshqa 
yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va 
ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‗la bayon qilinadi. Bobur 
savdo-sotiqning xalqlar o‗rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur 
tushungan. Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‗llarda talash, 
bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga 
ayovsiz munosabatda bo‗lgan. Bu siyosat Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek 
va boshqa temuriylar siyosati bilan ma‘lum. O‗sha davrda Bobur 
savdogarlardan olinadigan savdo yig‗imining ham adolatli va xolisona 
tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining 
savdo aylanmasidan savdo yig‗imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1 
misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga 
nisbatan kamayib borgan, ya‘ni daromad ko‗payishi bilan soliq 
kamaygan va boylik jamg‗aruvchilar uchun o‗ta manfaatli bo‗lgan. 
Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo‗llash foydadan xoli emas. 


67 
Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig‗im esa ularning qaysi 
yurtlardan 
kelganligiga 
bog‗liq 
bo‗lgan. 
Agar 
ular 
islom 
mamlakatlaridan kelgan bo‗lsalar, barcha daromadlarining yigirmadan 
bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon bo‗lmagan 
mamlakatlardan kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu 
mamlakatlarda musulmon savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga 
tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi. Bobur ishlab 
chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida qo‗llanib kelindi va 
mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Bu esa Bobur 
iqtisodiy g‗oyalarining juda chuqur ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni 
ko‗zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday ilmiy 
salohiyat uning vorislari, hamyurtlari bo‗lgan bizlarda unga nisbatan 
yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg‗otadi.
Ulug‗ bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g‗oyalar 
va iqtisodiy tafakkur merosi, u yuritgan iqtisodiy siyosat tizimi 
mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli 
ma‘naviy tayanch bo‗lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy 
dunyoqarashini o‗rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq 
etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tatbiq qilish 
foydadan xoli emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi 
davrida mamlakatga sharob keltirish ta‘qiqlangan, ya‘ni iqtisodiyotda 
proteksionizm siyosati qo‗llanilgan. Boburdan keyin uning o‗g‗li 
Xumoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 
1556-1605-yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan. 
Akbarshoh tomonidan 1574-yildan boshlab islohotlar o‗tkazildi, 
dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og‗irlik 
o‗lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to‗g‗risida 1601-yil «Akbarnoma» 
kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o‗z aksini topgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin