60
yig„ilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi
vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig„ilgan mollardan sipoh maoshiga
taqsim qilsinlar»
. Demak, ko‗rinib turibdiki, hisob-kitob ishlari to‗g‗ri
yo‗lga qo‗yilishi talab etilgan. Xiroj odatda, sug‗oriladigan yerlarda jami
hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlarda to‗rtdan biriga (25
foiz) teng bo‗lgan miqdorda to‗plangan. Bu raqamlar uning hozirgi
davrdagi daromad solig‗i atrofida bo‗lganligini ko‗rsatib turibdi.
A.Temur o‗qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho
bergan.
«... Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, -
deyiladi «Tuzuklar»da,
–
chunki bu insonlar mamlakat rivojida
ustundirlar».
Dostları ilə paylaş: