O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
Abu Ali Ibn Sino
(980–1037)
 


52 
mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy 
g‗oyalar ham o‗z aksini topgan. Sharq uyg‗onishi davrida yashab ijod 
qilgan olimlar o‗z asarlarida shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini 
bayon etganlar. Ularning ko‗plari hozirgi kunda ham o‗z ahamiyatini 
saqlab kelmoqda.
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat 
miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to‗g‗risida ham fikr yuritadi. 
Uning fikricha, davlat tabiiy ofat yoki urush bo‗lish ehtimolini hisobga 
olib, unga mablag‗ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga 
erishishi zarur. 
Ibn Sino ideal davlat to‗g‗risida fikr yuritib, uni quyidagicha 
tavsiflab beradi: 
1)
hamma o‗z foydasini ko‗zlab mehnat qilishi kerak; 
2)
bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi 
kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambag‗allik bo‗lmasin; 
3)
barcha kishilar halol mehnat bilan shug‗ullanishi va halol savdo 
qilishi sababli urushadigan odamlar bo‗lmaydi va urushlar tugatiladi, 
davlatlar o‗rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo‗l bilan hal etiladi; 
4)
ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo‗ladi, 
shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo‗lmaydilar, quvnoq 
ashula va musiqani yaxshi ko‗radilar, uzoq vaqt qarimaydilar. 
Ibn Sinoning ideal davlat to‗g‗risidagi qarashlari Platonning 
«Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning 
«Saxovatli shahar aholisining qarashlari to‗g‗risida traktat»ida aytilgan 
fikrlariga ko‗p jihatdan o‗xshab ketadi. 
 
Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari 
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis 
Yusuf Xos Hojib 1020-yili Qoraxoniylarning 
markaziy shaharlaridan biri Bolasog‗unda tug‗il-
di (olamdan o‗tgan yili noma‘lum). Bo‗lajak 
mutafakkir o‗z davridagi barcha bilimlarni, arab 
va forsiy tillar hamda ushbu tillarda yozilgan 
adabiyotlarni puxta egallaydi.
U 1069-1070-yillar orasida «Qutadg‗u 
bilig» (Qutga, ya‘ni baxt- saodatga erishtiruvchi 
bilim) asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar 
hukmdori Tabg‗ochxon Bug‗roxonga taqdim 
Yusuf Xos Hojib 
1020-yil
 


53 
etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og‗asi) degan martabani in‘om 
etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni 
mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma‘muriy-xo‗jalik 
hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma‘naviy va davlatni tadbir bilan 
boshqarish ishini o‗rganish, kasb-hunar egallash, xalq g‗amini yeyish 
haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari 
yetib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to‗planganki, ularga 
qoyil qolmay iloj yo‗q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy 
muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining 
barcha jabhalari bo‗yicha so‗z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar 
bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g‗oyalar o‗z davri uchun ham, 
hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa, iqtisodiyot 
masalalari bo‗yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab 
o‗rganilgan. Asar 18 oy – bir yarim yilda yozib tugallangan 
(Bolasog‗unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo‗lsa ham uni 
yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‗rilgan.
Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat-ibodat bilangina 
yetishib bo‗lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali 
faoliyat ko‗rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi 
bilimlarga to‗qnashib, odam bilishi mumkin bo‗lmagan narsa, bilim 
bilan yechilmaydigan jumboq yo‗q, bilim tufayli osmon sari ham yo‗l 
ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o‗rganish lozimligini 
uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta‘limotiga ko‗ra 
(XVIII asr) mamlakatni iqtisodiy tanglikdan chiqarish uchun 3 narsa:
1. Tinchlik-osoyishtalik.
2. Me‘yordagi soliqlar. 
3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.
Ana shu g‗oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval 
bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq to‗lovchilar) mamlakat hukmdoridan 
uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:
1) pulning qadrini ko‗tarish yoki ushlab turish;
2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta‘minlovchi qonunlarni joriy 
etish; 
3) yo‗llarni o‗g‗ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‗lashni (hozirgi kunda ham 
nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda 
do‗stiga do‗st, dushmanga dushman bo‗lishni talab qiladi, deb yozadi. 


54 
Ko‗rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‗zaro mutanosib 
bo‗lishi zarurligi g‗oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo‗lishi haqidagi g‗oya, aslini olganda inflyatsiya 
muammosi bilan chambarchas bog‗liq, baholarning mo‗tadilligi ham 
ta‘minlanadi. U o‗z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi 
valyuta masalalariga borib taqaladi.
Xususiy mulk huquqini ta‘minlash bozor munosabatlarining bosh 
unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jahon 
rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham 
jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga 
ommaviy o‗tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho‗rolar davrida 
boshimizdan kechirganmiz. Yo‗llarni o‗g‗rilardan muhofaza qilish ichki 
va ayniqsa, tashqi savdo (eksport-import) ni ta‘minlash va qo‗llab-
quvvatlashning o‗zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo‗jaligi uchun 
ustuvor ahamiyati to‗g‗risida gap yuritiladi.
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag‗al tabaqalar 
ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi 
tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr-shafqatli, insof-adolatli
marhamatli bo‗lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo‗ysunuvchi, 
sadoqatli bo‗lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo‗li bilan 
osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj 
uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g‗oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo‗l keladi. Unda 
mulk tutishning siru asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, 
shuningdek, mol-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab-yashnashi va 
uning xarob bo‗lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa, kasb-hunar 
ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi 
xuddi shu masalaga bag‗ishlangan. Vazir, qo‗mondon, elchi va boshqa 
hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan, 
«Vazir ko‗zining to‗q bo‗lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan 
asraydi. Ko‗zi och odam bor olamni yesa ham to‗ymaydi», deydi olim. 
Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to‗g‗risida nodir 
fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo‗lgin hamisha, to tomoq 
tashvishin bilmasdan yasha», shuningdek, ayniqsa bilim va aql-idrokka, 
shu soha sohiblariga katta e‘tibor berib: «Odamzod naslining ulug‗ligi 
bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir», deb 
yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‗pchilikka tegib turadi. Bilim 
egalari esa elda aziz bo‗ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o‗quv-idrok 


55 
bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. 
Ko‗rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo‗yicha tanlangan 
o‗z yo‗nalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari 
tajribasini o‗rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlangan 
yo‗limizning to‗g‗riligidan dalolat beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin