47
biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga
muvofiq amalga oshirilmas ekan,
ko‗pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib
qoladi.
Shu
narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois
maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirishda Forobiy mavjud
bo‗lgan barcha boyliklarni to‗g‗ri hisobga olishni nazrda tutadi. U
shunday yozadi:
“Avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning
egalari va tutgan o„rinlari, so„ngra nihoyatda zarur narsalar bo„lgan
oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylar miqdori
hisobga olinishi zarur”.
Forobiy Platonning:
“Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda zarur
ishdir”,
– degan fikrini alohida ko‗rsatib
o‗tadi.
Biz bundan Forobiy taqsimot
muammosining qiyinligini, uni to‗g‗ri hal
etish jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega
ekanligini yaxshi tushunganligini ko‗ramiz.
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad
al-Beruniy
–XI asrning qomusiy olimi.
U
juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U
sevgan fanlar –
astronomiya,
matematika,
geodeziya, geografiya va minera-logiya
bo‗lgan.
Beruniyning matematikaga va fanning
boshqa sohalariga qoʻshgan
hissasini yozib
qoldirgan 100 dan ortiq asarlaridan ham
koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari ―Hindiston‖, ―Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar‖, ―Qonuni Mas‘udiy‖, ―Geodeziya‖,
―Mineralogiya‖ va ―Astronomiya‖. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash
mumkin: matematikaga doirlari- 22 ta; astronomik asboblar haqida- 10
ta; astrologiyaga oidlari- 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya,
adabiyot, tarix va boshqalar)- 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar-21 ta.
Beruniyning bu asarlaridan atigi 30ga yaqini bizning
kunlargacha yetib
kelgan.
995-yilgacha u astronomiya, geografiya,
geodeziya amaliy
masalalarini hal etish
bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda
astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday
asarlaridan biri ―Geodeziya― 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar
„shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini
Dostları ilə paylaş: