O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Buyuk ipak yo„li 
 


44 
Xitoy, Qirg‗iziston, O‗zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali 
Ozarbayjon, Qora dengiz orqali Yevropa (Parij, Rotterdam)ga 
yetkazuvchi yo‗l loyihasi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. 
Endi esa, moziyga qaytib, e‘tiborni O‗rta Osiyoning Buyuk ipak 
yo‗li o‗rni va eksport potensialiga qaratsak. Markaziy Osiyoga, 
xususan, hozirgi O‗zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma‘lum va bu 
har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo‗lgan. Tarixiy 
va hozirgi ma‘lumotlarga ko‗ra bu hudud yer, suv, iqlim, tabiati, 
geografik o‗rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib 
turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-
hunarga mehr qo‗yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyat kasb etgan.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, 
boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi hamda serobligi shu 
soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchi rol o‗ynagan.
Shu sababli bilim, ilm makoni bo‗lgan kitob savdo-sotig‗i yetakchi 
o‗rinni egallagan. Hozirgi davrda xorijiy davlatlar kutubxonalaridan 
ko‗plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari topilmoqda va o‗z vatani, 
O‗zbekistonga qaytarilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, o‗z davrida 
kitob savdosi Buyuk ipak yo‗lining asosiy faoliyatlaridan biri bo‗lgan, 
demak, bu yerdan chetga ko‗plab fan va san'at asarlari chiqarilgan.
Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligida paxta yetishtirish va paxtadan 
olinadigan mahsulot asosiy o‗rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, 
qovunchilik), bog‗dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak 
yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo‗lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar 
sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni o‗rganishgan.
Tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha 
odam, ot, tuya, boshqa ulovlar, savdogarlar bilan birga diplomatlar, 
elchilar, hajga boruvchilar, harbiy qo‗riqchilar bo‗lgan. Butun yo‗l 
boshidan oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o‗tilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin